Siyosat subyektlarining psixologik xususiyatlari Reja: Siyosatda shaxsning o'rni. Siyosatchi shaxsi haqidagi nazariyalar. Siyosatchi shaxsini o'rganishga bag'ishlangan tadqiqot turlari. Siyosatchi shaxsiga xos kasbiy va individual xususiyatlar. 1. Siyosatda shaxsning o'rni Siyosatda shaxs muammosi abadiy muammolardan biridir. U faylasuflar va tarixchilar, yozuvchilar va moralistlar, diniy mutafakkirlar va psixologlar qiziqishini o'ziga jalb qilib kelmoqda. Hozirgi kunda siyosatchilarning ko'pchiligi siyosiy jarayon davomida shaxs omilini o'rganish lozimligini tan olishadi. Siyosatchining usuli va tabi, oila a'zolari va sport turlariga qiziqishlari, doimo ko'pchilik diqqat markazida turadi. Siyosatchini shaxs sifatida bilishimiz bilan birga ko'z o'ngimizda uning siyosiy harakatlari yashirin zanjiri namoyon bo'ladi. Yana bir misol Paskal siyosatchi shaxsining siyosatga ta'siri haqida gapirib shunday deydi: Kleopatraning burni biroz qisqaroq yoki biroz uzunroq bo'lganda edi, insoniyatning tarixi umuman boshqacha bo'lgan bo'lar edi. ? Siyosatchi shaxs va oddiy fuqaro o'rtasida qanday umumiylik va farq mavjud? Shaxsning tarixdagi roli mavzusidagi bahs munozaralar XIX - asrning oxiri XX asrning boshlarida qizg'in tus olib, Tolstoy, Karleyl, Djeyms, Plexanov va Trotskiyning qarashlari bilan boyidi. Bu turdagi ko'proq malum bo'lgan asarlardan biri Sidney Xukning Tarixdagi qahramon asaridir. Siyosiy rol - bu siyosiy tizimdagi shaxsning o'rni bilan bog'liq bo'lgan real vazifalar, mavqe, majburiyat va haq-huquqlar majmuasidir 2. Siyosatchi shaxsi haqidagi nazariyalar Zamonaviy siyosatshunoslar shaxs itoat qilishi kerak bo'lgan holatlarning mavjudligini, unga yuklatilgan boshqaruv vazifalari (D. Bell, S. Lipset, U, Mur), barqaror demokratiyani ta'minlash (R. Dal, U. Kornxauzer), o'zaro tenglikka erishish (Dj. Raulz, G. Gens) kabi yangi motivlar bilan bog'lashadi. Biroq bu modelning hamma tarafdorlari uchun umumiy tushuncha, shaxsning davlatga, tashkilotlarga, elitaga itoat qilishda oddiy fuqaroning ishtiroki va ...

Joylangan
02 Oct 2024 | 22:41:53
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.4 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
02 Oct 2024 [ 22:41 ]
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.4 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:28 ]
Arxiv ichida: doc