Siyosat va uning jamiyat taraqqiyotidagi roli

Siyosat va uning jamiyat taraqqiyotidagi roli

O'quvchilarga / Sotsiologiya
Siyosat va uning jamiyat taraqqiyotidagi roli - rasmi

Material tavsifi

Siyosat va uning jamiyat taraqqiyotidagi roli Reja: Siyosatning mohiyati va uning asosiy xususiyatlari. Siyosatning asosiy shakllari va ularning jamiyat taraqqiyotidagi roli. Hozirgi sharoitda mustaqil O'zbekiston siyosatining ahamiyati. . Siyosatning mohiyati va uning asosiy xususiyatlari. Jamiyat siyosiy hayoti ko'p qirrali va murakkab jarayondir. Bu jarayonning borishida siyosat va siyosiy munosabatlar muhim o'rin egallaydi. Siyosat jamiyatning barcha sohalariga ta'sir ko'rsatadi va bu sohalarda amalga oshiriladigan o'zgarishlarning xususiyatlarini belgilab beradi. Jamiyatning o'zgarishi bilan Siyosat tushunchasining mazmuni ham o'zgarib boradi. Keng manoda siyosat ijtimoiy hayotning obyektiv manzarasini ifodalaydi. U jamiyat hayotining siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarida sodir bo'layotgan barcha ijtimoiy hodisalar va jarayonlarni qamrab oladi. Keng manoda siyosat jamiyatning barcha sohalarida o'zaro bog'langan ijtimoiy hodisalarni o'z ichiga oladi. Tor manoda, siyosat davlat hokimiyati idoralari, siyosiy partiyalar, ijtimoiy-siyosiy harakatlar, jamoat tashkilotlarining mamlakat ichkarisidagi faoliyati va ularning o'zaro munosabatlari to'g'risidagi masalalarni qamrab oladi. Siyosat jamiyatning iqtisodiy, mafkuraviy, huquqiy, ma'naviy-axloqiy, diniy-e'tiqodiy sohalari qatoridan tashkil etish-nazorat qilish sohasini anglatadi va jamiyatning yaxlit tizimida asosiy o'rin egallaydi. Siyosat iborasi hayotga Aristotelning davlat boshqarish va hokimiyat haqidagi qarashlari bayon etilgandan so'ng, keng foydalanishga kiritilgan edi. Keyinchalik siyosat tushunchasi haqida tasavvurlar ancha kengaygan sari u tobora murakkab, ko'p qirrali masala sifatida namoyon bo'la boshladi. Siyosatning amal qilish jarayonida boshqaruvchilar (elita, rahnamo) guruhi bilan boshqariladiganlar guruhi o'zaro mutanosibligi namoyon bo'ladi va bu mutanosiblik hukmronlik qiluvchi va bo'ysinuvchi guruhlar o'zaro munosabatlari tarzida ifodalanadi. 3.2. Siyosatning asosiy shakllari va ularning jamiyat taraqqiyotidagi roli. Siyosat tuzilishi jihatidan ikki turga - ichki va tashqi siyosatga bo'linadi. Ichki siyosat - bu davlat organlari, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.45 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:28 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.45 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga