Siyosiy hokimiyat

Siyosiy hokimiyat

O'quvchilarga / Sotsiologiya
Siyosiy hokimiyat - rasmi

Material tavsifi

Siyosiy hokimiyat Reja: Hokimiyat tushunchasi Hokimiyatning tuzilishi, resurslari va ko'rinishlari: siyosiy hokimiyatning o'ziga xos xususiyatlari. Hokimiyatning legitimligi va turlari Mutaxassislarning ~fikricha, hokimiyat kategoriyasi- ta'riflash, tushunish va tushuntirish eng qiyin bo'lgan tushunchalar sirasiga kiradi. Hokimiyat tushunchasiga aniq ta'rif berish nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga~ ega. Jamiyatda chuqur islohotlar o'tayotgan bir davrda islohotlarning ko'lami, surati va samaradorligi hokimiyat sohasidagi o'zgarishlar ko'lami, surat~ ~ va samarasiga to'g'ri proportsonal ekanligini juda~ ko'p mamlakatlar misolida ko'rishimiz mumkin. Shuning uchun siyosatda hokimiyatning o'rnini, vazifalarini va umuman, bu tushunchaning mazmunini to'g'ri anglash, siyosiy jarayonlar to'g'risida hukm yuritish, uni to'g'ri baholash imkonini beradi. Ko'pgina olimlar hokimiyatni siyosatning asosiy masalasi, uning bosh muammosi, deb hisoblaydilar. hokimiyat siyosata odamlar faoliyatining alohida bir sohasi sifatida shakllanish imkonini beradi. Hokimiyatning maqsadi - ijtimoy hayotni tartibga solish, boshqarishdan iborat. Ko'pgina olimlar uni odamlar o'rtasidagi kauzal bog'liklik tarzida tushuntiradilar. Shu tufayli hokimlik munosabatlarini tabiat yoki hayvonot dunyosida mavjud emas, deb hisoblanadi. Keyingilariga nisbatan ta'sir tushunchasi qo'llanidi. Jamiyatda, odamlar o'rtasidagi munosabat tarzida vujudga keluvchi hokimiyat dastlab siyosiy tabiatga ega bo'lmagan, chunki u asosan mos tushuvchi manfaatparni tartibga solgan (oqsoqollar, qabila boshliqlari, avliyolarning avtoritetga asoslangan anonim hokimiyati). Jamiyatning rivojlanishi, uning keyingi murakkablashuvi hokimiyatning samaradorligini oshirish maqsadida markazlashuviga olib keladi. Hokimiyat qabila boshliqlari, beklar, xonlar, guruhlar qo'lida to'planadi (individual hokimiyat). Mana shu hokimiyatning mukammal shakllarini topishga intilish, ko'pgina sharq mutafakkirlari asarlarida uchraydi. Ammo ijtimoiy tengsizlikning ortib borishi, ijtimoiy tizimlarning murakkablashishi hokimiyatning institutsional shakllarini keltirib chiqaradi. Hokimiyat boshqaruv, barqarorlik, muvofiqlashtirish vazifalarini bajaruvchi maxsus institutlarga tayana boshlaydi. Aslida insoniyati tarixini hokimiyatsizlik (tartibsizlik, anarxiya) va hokimiyat mustabidjligi (diktatura) o'rtasida eng ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.55 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:28 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.55 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga