Siyosiy madaniyat Reja: Siyosiy madaniyat ta'rifi. Siyosiy madaniyat vazifalari. O'zbekistonsiyosiy hayotida siyosiy madaniyatning o'rni. Siyosiy madaniyat ta'rifi. Siyosiy madaniyat ijtimoiy vokelik sifatida sinflar va davlatlarning paydo bo'lishi bilan yuzaga kelgan . Shu bilan birga siyosiy hayot madaniyati sinflarining yuzaga kelishidan avval qadimgi sharqda, qadimgi Gretsiya va Rimda shakllangan. Siyosat, davlat, siyosiy xulk atvor, siyosiy hayotni boshqarish san'ati haqidagi bilimlarning paydo bo'lishi va ulardan jamiyat hayoti amalietida foydalanishga siyosiy madaniyatining yuzaga kelganligi sifatida qarash kerak. Aflotun, Arasto'larning ozodlik va davlat haqidagi fikrlar, N.Makiavelli, Sh.Monteske, J.J.Russolarning turli mazmundagi ijtimoiy g'oyalari siyosiy madaniyatning shakllanishiga asosiy turtki bo'lgan. Har qanday jamiyatning siyosiy hayotini anglashga uning siyosiy madaniyatini har taraflama o'rganish orqaligina erishiladi. Faqat shu orqaligina siyosiy tizimning manbai, xarakteri va o'ziga xos xususiyatlari, jamiyatda hukmronlik qilaetgan siyosiy tartibot, ijtimoiy guruhlarning xatti-harakati va siyosiy ongi siyosiy jarayonlarning yo'nalishi va harakati haqida ma'lumotga ega bo'lishi mumkin. Siyosiy madaniyat odamlarning xulk-atvoriga va turli tashkilotlarning faoliyatiga ta'sir ko'rsatadi, ularning ichki va tashqi hodisalarni idrok etish, siyosiy tizim va tartibotlarga, hukmron guruh va alohida siyosiy rahbarlar faoliyatiga shaxsning jamiyat siyosiy hayotida tutgan o'rniga baho berishda mezon hisoblanadi. U siyosiy yo'lni ishlab chiqish, aniq siyosiy boshqaruv qarorlarini kabo'l qilish va ro'yobga chiqarish uchun keng istiqbol yo'llarini ochib beradi. Siyosiy madaniyat muammosi majmui o'ta murakkab va ko'p qirralidir. Siyosiy madaniyat masalasida adabiyotlarda turlicha fikrlar mavjud. Siyosiy madaniyat moddiy va ma'naviy madaniyatlar bilan bir qatorda o'ziga xos mustaqil madaniyat turidir. U faoliyat sohasining alohidaligi (siyosat sohasi, siyosiy hokimiyatning amal qilishi) va ushbu madaniyat sohasini xarakterlovchi elementlarning (Siyosiy tasavvur va qadriyatlar, siyosiy ko'rsatma ...

Joylangan
02 Oct 2024 | 22:41:53
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.8 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
02 Oct 2024 [ 22:41 ]
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.8 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:29 ]
Arxiv ichida: doc