Siyosiy ong va siyosiy madaniyat

Siyosiy ong va siyosiy madaniyat

O'quvchilarga / Sotsiologiya
Siyosiy ong va siyosiy madaniyat - rasmi

Material tavsifi

Siyosiy ong va siyosiy madaniyat Reja: 1. Siyosiy ong tushunchasi, uning tuzilishi va darajalari. 2. Siyosiy madaniyat tushunchasi, uning mohiyati, vazifasi va asosiy elementlari. 3. Siyosiy va siyosiy madaniyatni shakllantirish muammolari. Siyosiy ong - bu kishilarning siyosiy bilimlar, tasavvurlar, maslaklar, e'tiqodlar, o'zlari yashab turgan siyosiy tuzumga baho berishlari yig'indisidan iborat. Siyosiy ong inson uchun tug'ma xususiyat emas, u avloddan - avlodga o'tmaydi, qarindosh - urug'chilikka, vorislikka yoki nasl - nasab xislatlarigi bog'liq bo'lmaydi. Ota bilan bolaning, aka bilan ukaning siyosiy ongliligi bir xilda bo'lmagani singari, qarindosh-urug'larning ham siyosiy ongliligi turlicha darajada bo'ladi. Inson ongi asosan ikki ko'rinishda: oddiy ong va ijtimoiy ong shaklida namoyon bo'ladi. Oddiy ong hamisha odamlarda ularning turmushlari ikir-chikirlarida, kundalik mayda-chuyda tashvishlarida, o'zlarining shaxsiy, ichki kechinmalarida o'z ifodasini topishi mumkin va ular jamiyat, mamlakat, jahon rivojlanishi muammolarini bevosita qamrab olmaydi, ular yechimini o'z oldiga maqsad qilib quymaydi. Ijtimoiy ong inson shaxsining ijtimoiy siyosiy turmush tarzida, jamiyatda sodir bo'layotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga nisbatan bo'lgan munosabatida, ularda faol ishtirok etishida o'z ifodasini topadi. Siyosiy ongning shakllanishi va rivojlanishiga quyidagi manbalar asosiy omil bo'lib xizmat qiladi. Birinchi manba - insonning oilaviy muhitidir. Siyosiy g'oyalar va hissiyotlar unga oiladagi tarbiya orqali beriladi. Ikkinchi manba - bu keng ma'nodagi axborotdir. U insonga ham muomala orqali, ham ommaviy axborot vositalari orqali kirib boradi. Uchinchi manba - bu individning shaxsiy tajribasidir. Bu shaxsiy tajriba olingan bilimni rad qiladi yoki tasdiqlaydi. Biroq u har qanday holatda ham siyosiy ongning shakllanishi va rivodlanishi jarayoniga muhim ta'sir ko'rsatadi. Bu manbalar insonga siyosat dunyosining tahlil etishga va unga nisbatan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 43.04 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:29 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 43.04 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga