Siyosiy partiyalar va siyosiy mafkuralar

Siyosiy partiyalar va siyosiy mafkuralar

O'quvchilarga / Sotsiologiya
Siyosiy partiyalar va siyosiy mafkuralar - rasmi

Material tavsifi

Siyosiy partiyalar va siyosiy mafkuralar Reja: 1.Siyosiy partiya tushunchasi, unnig belgilari va asosiy vazifalari (funksiyalari). 2. Siyosiy partiyalarning turlari va xalqaro uyushmalari. 3. Siyosiy mafkuralar va ularning turlari. Siyosiy partiya (lotincha qism, guruh; eski o'zbekchasi arabchadan firqa - guruh, to'da) - umumiy g'oya va manfaat, ijtimoiy-siyosiy maqsadlar asosida odamlarni ixtiyoriy ravishda uyushtiruvchi tashkilot; fuqaroviy jamiyat bilan davlatni bir-biriga bog'lovchi eng muhim vositalardan biri; hozirgi zamon huquqiy demokratik davlati hayotining zaruriy omillaridan biri. Partiyalarning mohiyati, tabiati, tarkibi juda ko'p jihatlardan mazkur tarixiy davr mazmuniga, tuzumiga undagi siyosiy jarayonlar oqimiga chambarchas bog'liq tarzda shakllanib, jamiyatda sodir bulayotgan siyosiy kurashning qanday borishida oshkora namoyon bo'ladi. Tarixda ma'lum bo'lgan dastlabki siyosiy partiyalar qadimgi Yunonistonda tashkil topgan bo'lib, oldin juda ozchilikni birlashtirgan, guruhlar tarkibi jihatdan juda tor doirada uyushgan siyosiy tashkilotlar edilar. Ammo tom ma'nodagi siyosiy partiyalar harakati Yevropada XVII-XVII asrlar inqiloblari oqibatida shakllandi. X1X asr oxiriga kelib, demokratik partiyalar kengayib, saylovlar tizimi, parlamentdagi joylar uchun kurash keskinlashgan sari, siyosiy partiyalar hayoti va faoliyati yangi pag'onaga ko'tarildi. Siyosiy partiyalarning ilk tadqiqotchisi ingliz siyosiy arboblaridan biri Jon Tolanddir (1670-1722). U o'zining Partiyalar vositasida boshqarish san'ati nomli traktatida ingiliz siyosiy tizimining ustun tomonlariga to'xtalib, shunday deb yozadi: Vigilar va torilar guruhlarining shakllanishi parlamentda muhim rol o'ynaydi. Lekin, eng muhimi, qirol qaysi partiya tomonida ekanligigadir. Eng ideal vaziyat yaratish uchun qirol qonunlarga itoat qilgan holda har ikkala partiyaga ham teng munosabatda bo'lishi lozim. Siyosiy barqarorlikning kafolati ham shundadir. Qirol partiya boshida turmasligi kerak, aks holda, u biron-bir guruhning yo'l boshchisiga aylanib, o'z xalqining otasi ekanligini unutadi. Nemis tadqiqotchisi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.08 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:29 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.08 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga