Siyosiy zamonaviylashuv Reja: Siyosiy zamonaviylashuv: tabiati va bosqichlari Zamonaviylashuvning yo'llari Siyosiy rivojlanish inqirozlari O'zbekistondagi siyosiy zamonaviylashuvning asosiy xususiyatlari Siyosiy rivojlanish va zamonaviylashuv tushunchasi Bugungi kunda dunyodagi siyosiy jarayonlarni odatdagi, eskicha yondashuvlar orqali tushuntirib bo'lmaydi. Bu jarayonlarning mohiyat mazmuni ularni tahlil qilish chegaralarini kengaytirishni, bu jarayonlarga ta'sir etuvchi barcha omillarni hisobga olishni talab etadi. Buning uchun tsivilizatsion yondashuv juda mos: u asosiy diqqatni qadriyatlar tizimi, madaniyat, mentalitetga qaratadi. Jamiyatlar ham oddiydan murakkabga tomon rivojlanadi. Ana shu rivojlanish jarayonida jamiyatlarni an'anaviy va zamonaviyga ajratib o'rganish qabul qilingan. an'anaviy va zamonaviy jamiyatlarning eng muhim farqi - ularning turlicha qadriyatlar tizimiga asoslanishidadir. an'anaviy jamiyatlar uchun iqtisodda texnologik ortda qolish xos. Ijtimoiy sohada ijtimoiy munosabatlar ko'plab qoidalar, an'analar, udumlar bilan tartibga solinadi. Jamiyatning asosini jamoa tashkil etadi. Bunday jamiyatlarda odamlar mavjud ijtimoiy munosabatlarni saqlab qolishga intiladilar, o'z turmush tarzlaridan farq qiluvchi boshqa qadriyatlar tizimiga salbiy yondashadilar. Zamonaviy jamiyatlarga sanoati rivojlangan davlatlar kiradi. Bu: jamiyatlarning: ijtimoiy munosabatlar tizimida shaxs eng oliy qadriyat sifatida etirof etiladi. Zamonaviy jamiyatlar pragmatizm, ratsionalizm, tanlash erkinligi, mulkchilik; madaniyatlar muloqoti kabi umumiy qadriyatlar asosida rivojlanadi.Erkin individlar fuqarolik jamiyatini tashkil etadilar. Hukumat va ratsional byurokratiya ularning oldida masuldir. an'anaviy va zamonaviy jamiyatlar oralig'ida o'tish davrini boshidan kechirayotgan jamiyatlar joylashgan. Ular qaysidir sohalarda zamonaviylashgan bo'ladilar. Masalan, ishlab chiqarish sohasida texnologik modeonizatsiyani amalga oshirib, iqtisodiy qoloqlik va tabaqaviylikni enggan, ammo an'anaviy qadriyatlar, udumlar, diniy me'yorlar ijtimoiy munosabatlarda yetakchilik qiluvchi jamiyatlar - shularga misol bo'la oladi. Sobiq MDH mamlakatlari, Hitoydek ulkan qo'shnimiz, Janubiy Amerikadagi qator davlatlarni o'tish davrini boshidan kechirayotgan mamlakatlar, deb hisoblash mumkin. Umuman shuni ...

Joylangan
02 Oct 2024 | 22:41:53
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.64 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
02 Oct 2024 [ 22:41 ]
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.64 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:29 ]
Arxiv ichida: doc