Sotsial guruh tushunchasi va uning asosiy tamoyillari

Sotsial guruh tushunchasi va uning asosiy tamoyillari

O'quvchilarga / Sotsiologiya
Sotsial guruh tushunchasi va uning asosiy tamoyillari - rasmi

Material tavsifi

Sotsial guruh tushunchasi va uning asosiy tamoyillari Reja: «Sotsial guruh» tushunchasining mazmun-mohiyati va ularning o'ziga xos asosiy xususiyatlar Sotsial institut tushunchasining mazmun-mohiyati va ularning o'ziga xos asosiy xususiyatlar Kvaziguruh va uning asosiy ko'rinishlari «Sotsial guruh» tushunchasining mazmun-mohiyati va ularning o'ziga xos asosiy xususiyatlar «Sotsial guruh» tushunchasi sotsiologiya fanining asosiy kategoriyalaridan biri hisoblanadi. Bizni o'rab turgan jamiyat ko'plab sotsial guruhlarning majmuasi sifatida namoyon bo'ladi. Inson butun umri davomida bir necha sotsial guruhlar a'zosi sifatida yashab o'tadi: oila, maktab, mahalla, qarindosh-urug', do'stlar davrasi va h.k. Hyech qanday guruhga a'zo bo'lmay turib yashash yoki jamiyatda o'z o'rniga ega bo'lishni tasavvur etish mumkin emas. Sotsial guruh jamiyat va inson o'rtasida bog'lovchi ko'prik sifatida xizmat qiladi. Demak, «shaxs-guruh-jamiyat» tamoyili asosida inson ma'lum bir guruh a'zosi sifatida jamiyat hayotida ishtirok etadi va shu jamiyat a'zosi ekanligini anglaydi. Insonning turli guruhlarga a'zoligi uning jamiyatdagi maqomini belgilaydi. Sotsial guruh jamiyatning poydevori hisoblanadi. Inson sotsial guruhning muhimligini o'zi ko'nikkan birlikni, masalan, o'z oilasini tark etganda, o'quv yurtini tamomlaganda anglaydi, shu guruhni, u bilan uzilgan aloqalarni qo'msay boshlaydi. Sotsial guruhlar insonlar o'zaro ta'sirlashuvi asosida birlashadigan ijtimoiy yacheykalar asosida tashkil topadi: oila, jamoa, millat, irq, klub, korporatsiya va h.k. Ilk marotaba «sotsial guruh» termini shaxs (individ) va jamiyat tushunchalari kabi mustaqil tushuncha sifatida Arastu tomonidan ishlatilgan. T.Gobbs birinchilardan bo'lib guruhni «umumiy manfaat yoki umumiy ish bilan birlashgan insonlarning ma'lum miqdori» deb ta'riflaydi. U guruhlarni tartibli va tartibsiz turlarga ajratadi. Tartibli guruhlarni, o'z navbatida, absolyut, mustaqil (faqatgina davlat), qaram (tobe) guruhlarga ajratadi. Qaram guruhlarni siyosiy va xususiy, xususiylarini esa qonuniy va noqonuniy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 49.12 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:29 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 49.12 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga