Sotsial institutlar va ularning turlari

Sotsial institutlar va ularning turlari

O'quvchilarga / Sotsiologiya
Sotsial institutlar va ularning turlari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish. Sotsiologiyada sotsial institut tushunchasi, turlari va asosiy vazifalari Sotsial institutlar: iqtisod, siyosat, din, huquq, oila, fan, ta'lim, madaniyat. MAVZU: SOTSIAL INSTITUTLAR VA ULARNING TURLARI Sotsial guruh tushunchasi, uning asosiy belgilari. Sotsiologiyada sotsial guruhlarga ajratish mezonlarining xilma-xilligi Sotsial guruh turlari: katta va kichik, rasmiy va norasmiy, birlamchi va ikkilamchi, inguruh va autguruh, referent guruhlar va boshqalar. G'arb sotsiologiyasida kichik guruhlar nazariyasi: sotsiometriya, guruh o'zgaruvchanligi, psixoterapevtik va boshqalar sotsial guruhlarning shakllanishi, ishlashi va taraqqiy etishi qonunlarini tushuntiruvchi nazariyalar sifatida. Kvaziguruhlar. Qon-qarindoshlikka asoslangan guruhlar: urug', qabila, qarindoshlar, oila, elat, millat. Ommani sotsiologik o'rganish. Guruh - bu xatti-harakatlari rasmiy va norasmiy institutlar tomonidan boshqariladigan, ma'lum norma va qadriyatlarga ega bo'lgan, boshqa birliklardan o'z xususiyatlari bilan farq qiladigan, bir-birlari bilan ijtimoiy munosabatlar sistemasi bilan bog'langan kishilar yig'indisidan iborat bo'lgan sotsial birlikdir. Mana shu kishilik jamoalarini qandaydir mezon (belgi, xususiyat) bilan nisbatan ma'lum guruhlarga ajratish - sotsiologik tahlilning g'oyat muhim va jiddiy masalasidir. Oldindan shuni qayd qilib o'tish lozimki, garchi «sotsial guruh» termini sotsial tadqiqotlarda keng ko'lamda qo'llanilsa ham, lekin sotsiologik tushunchalar kategoriyasiga muvofiq keladigan maqomiga va nazariy asosiga ega emas. Bu tushuncha ijtimoiy fanlar doirasida yaqqol kategoriyali xususiyatga ega va ijtimoiy munosabatlardagi o'ziga xos subyektni aniqlash uchun ishlatiladi. «Guruh» tushunchasi ijtimoiy fanlar orasida ikkita ma'noga ega. Bir tomondan, u biror bir umumiy belgilarga qarab kishilarni ma'lum toifalarga ajratilganda qo'llaniladi (ko'pincha statistikada, demografiyada). Ba'zan bu ma'noda «guruh» termini psixologiya fanida ham ishlatiladi. Masalan, test sinovlari natijalariga qarab, kishilarni u yoki bu guruhlarga ajratish mumkin. Ikkinchi tomondan, hamma ijtimoiy fanlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 68.51 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:29 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 68.51 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga