Sotsial iqtisodiyot fanining predmeti va kontseptual asoslari Reja: Sotsial iqtisodiyot predmeti mohiyati, uning maqsadi va vazifalari Sotsial iqtisodiyotning kontseptual asoslari Sotsial iqtisodiyotning zamonaviy modellari O'zbekistonda sotsial iqtisodiyotning shakllanishi 1. Sotsial iqtisodiyot predmetining mohiyati, maqsadlari va vazifalari Kishilik jamiyatining rivojlanishi tarixida iqtisodiyot tizimining o'nlab modellari malum. Bu modellar o'rtasidagi farqni sotsial iqtisodiyotning asosiy muammolarini hal qilishda turli uslublar va yondashishlar orqali aniqlash mumkin. Iqtisodiy tizimining paydo bo'lishi va rivojlanishi tarixi mamlakatlarning rivojlanishi va mukammallashuvi bilan chambarchas bog'liq. Iqtisodiyot tizimi urf-odat, milliy an'analar orqali avloddan avlodga o'tib kelgan va saqlanib qolgan. Bu xususiyatlar ilmiy adabiyotlarda an'anaviy iqtisodiy tizim deb yuritiladi. Odatda, bunday mamlakatlarda moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, ularning texnologiyasi, taqsimlash tartibi, ayriboshlash, istemol qilish, urf-odat va tarixiy jihatdan shakllangan an'analarga asoslanadi. Kishilarning iqtisodiy va sotsial ehtiyojlari merosxo'rlik va malum tabaqaga ajralgan sotsial guruhga tegishliligiga qarab belgilanadi va amalga oshiriladi. Iqtisodiy tizimning an'anaviyligi milliy tabiiy-iqtisodiy imkoniyatlardan foydalanishga qaratiladi. Odatda, bunday mamlakatlarning iqtisodiyoti biryoklamalik bilan ifodalanadi, Faqat bitta asosiy ishlab chiqariladigan mahsulot (paxta, qahva, tsitrus o'simliklari va boshqalar) turiga ixtisoslashadi. Oqibatda, bunday mamlakatlar iqtisodiy jihatdan qaram bo'lgan davlatlar qatorida kolib ketishlari mumkin. an'anaviy sotsial-iqtisodiy tizim, hozirgi sharoitda, taraqqiyot yo'liga to'siq bo'ladi yoki amaldagi tuzumning barqarorligiga tahdid soladi. Iqtisodiy tizimning bosh omili bo'lgan - inson va uning ehtiyojlarisiz shakllana olmaydi. Barcha rivojlangan mamlakatlar o'zlarining asosiy iqtisodiy dasturlarini fuqarolar farovonligi haqidagi g'amxo'rlikka qaratadi. Kishilarning iqtisodiy va madaniy talablarini qondirish, kam ta'minlangan oilalar, nogironlar, keksa kishilarni himoya qilishni mamlakatlar o'zlarining iqtisodiy va moliyaviy imkoniyatlaridan, birinchi galda davlatlar iqtisodiy siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiradilar. Hozirgi ...

Joylangan
02 Oct 2024 | 22:41:53
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
57.91 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
02 Oct 2024 [ 22:41 ]
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
57.91 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:29 ]
Arxiv ichida: doc