Sotsial iqtisodiyotni boshqarish Reja Sotsial iqtisodiyotni boshqarish mohiyati va tamoyilari Sotsial iqtisodiyotni boshqaradigan kadrlarni tayyorlash Sotsial iqtisodiyotni boshqarishning mohiyati va tamoyillari Iqtisodiyotni boshqarish murakkab va sermehnat jarayondir. Sotsial iqtisodiyot sharoitlarida ushbu soha ustuvor ahamiyat kasb etadi, chunki u (sotsial iqtisodiyot) iqtisodiy vazifalar bilan birgalikda, muhim sotsial vazifalarni ham hal etishi zarur. Shu munosabat bilan sotsial iqtisodiyotni shakllantirish bo'yicha keng doiradagi muammolar orasida, eng muhimlari qatorida, jahon sivilizatsiyasining zamonaviy tendensiyalarini hisobga olgan holda yaratuvchi tashkiliy tarkiblar va boshqaruv mexanizmlarini ko'rsatish mumkin. Bugun boshqaruv tizimini tubdan o'zgartirmasdan, sotsial jarayonlarga ta'sir etishning yangi usullarini ishlab chiqmasdan va qo'llamasdan turib sotsial iqtisodiyot shakllanishining murakkab vazifalarini hal etish mumkin emas. Yangi tipdagi sotsial-iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi o'zining bir qator yangi nazariy va amaliy masalalarini tug'diradi. Sotsial iqtisodiyotni boshqarishning zamonaviy nazariyasi va amaliyoti faqat unchagina xos bo'lgan xususiyatlar bilan birga boshqa bir sotsial makonda amalga oshmoqda. U rejali iqtisodiyotning boshqaruv tizimidan farqli holda, mutlaqo boshqacha yakuniy maqsadlarini ko'zlaydi. Sotsial tarkibning va shaxsning o'sib boruvchi ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish, aholi turmush sifatining doimiy o'sib borishi jamiyatni boshqarishning bosh subyekti - sotsial davlat xulq-atvorining odatdagi me'yoriga aylanadi. Bunday sharoitlarda jamiyat sotsial-siyosiy va sotsial iqtisodiy hayotining barcha tomonlariga ongli va o'ylangan ta'sir ko'rsatishning sifat jihatdan yangi va yanada samaraliroq usullari kerak. O'zbekiston Respublikasi qisqa tarixiy davr ichida bozoriy o'zgarishlarni amalga oshirishda murakkab va shu bilan bir vaqtda muhim yo'lni bosib o'tdi. Bu yo'l jamiyatdagi va iqtisodiyotning barcha sohalaridagi katta o'zgarishlar to'g'risida guvohlik beradi. Respublikada erkinlashtirish dasturi va demokratik fuqarolik jamiyati qurilishi amalga oshirilmoqda, bozorni davlat tomonidan tartibga solishning samarali tizimini ...

Joylangan
02 Oct 2024 | 22:41:53
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.68 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
02 Oct 2024 [ 22:41 ]
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.68 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:30 ]
Arxiv ichida: doc