Sotsial munosabatlar sotsiologiyasi

Sotsial munosabatlar sotsiologiyasi

O'quvchilarga / Sotsiologiya
Sotsial munosabatlar sotsiologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Sotsial munosabatlar sotsiologiyasi Reja: Ijtimoiy munosabatlar sotsiologiyasi Fan va ta'lim sotsiologiyasi. Jamiyat va davlatning sotsial mohiyati. Sotsologiyada shaxs tushunchasi va uning shaqllanish asoslari. Sotsial guruhlarning asosiy belgilari va turlari. Ijtimoiy munosabatlar sotsiologiyasi Kishilar o'z hayot faoliyatlari davomida birlashadigan guruhlar masalasi nafaqat sotsial psixologiya fanining, balki sotsiologiyaning ham muhim masalasi bo'lib hisoblanadi. Ijtimoiy munosabatlar asosan sotsial guruhlar o'rtasidagi munosabatlarda namoyon bo'ladi. Kishilik jamiyatida nihoyatda ko'p turli-tuman jamoalar, uyushmalar, birliklar, tashkilotlar mavjud. Inson butun hayoti davomida gox ehtiyojdan, gox manfaat yuzasidan, ba'zan majburiylikdan, ba'zan o'zi xoxlamagan holatda yuqorida ta'kidlangan guruhlarga a'zo bo'ladi va ularning vakili bo'lib qoladi. Mana shu kishilik jamoalarini qandaydir mezon (belgi, xususiyat) bilan nisbatan ma'lum guruhlarga ajratish - sotsiologik tahlilning g'oyat muhim va jiddiy masalasidir. Oldindan shuni qayd qilib o'tish lozimki, garchi sotsial guruh termini sotsial tadqiqotlarda keng ko'lamda qo'llanilsa ham, lekin sotsiologik tushunchalar kategoriyasiga muvofiq keladigan maqomiga va nazariy asosiga ega emas. Bu tushuncha ijtimoiy fanlar doirasida yaqqol kategorik xususiyatga ega va ijtimoiy munosabatlardagi o'ziga xos subyektni aniqlash uchun ishlatiladi. Guruh tushunchasi ijtimoiy fanlar orasida ikkita ma'noga ega. Bir tomondan, u biror bir umumiy belgilarga qarab kishilarni ma'lum toifalarga ajratilganda qo'llaniladi (ko'pincha statistikada, demografiyada). Ba'zan bu ma'noda guruh termini psixologiya fanida ham ishlatiladi. Masalan, test sinovlari natijalariga qarab, kishilarni u yoki bu guruhlarga ajratish mumkin. Ikkinchi tomondan, hamma ijtimoiy fanlar doirasida guruh deganda, real mavjud kishilar birligi tushuniladi. Bu holatda odamlar umumiy belgilar, faoliyatlarining xilma-xilligi yoki biror shart, holatlar bilan birlashadilar va ma'lum ma'noda o'zlarini mavjud birlik vakili ekanliklarini his qiladilar. Masalan, talaba o'zini talabalar guruhining a'zosi sifatida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 58.49 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:30 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 58.49 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga