Sotsializm- jamiyat qonunlarining buzilgan shakli Reja: 1. Marksizm-jamiyat taraqqiyoti qonunlari subyektiv manfaatlarga yo'naltirilgan ta'limot 2. Sotsialistik jamiyatda jamiyat qonunlari buzilishining salbiy oqibatlar Avvalgi fasllarda takidlaganimizdek, jamiyat taraqqiyoti qonunlari obyektivdir. Uni inson xoxish- irodasi asosida o'zgartirib bo'lmaydi. Uni faqat tafakkur orqali anglab etish mumkin. Inson va jamiyat hayotining qonuniyatlari obyektivlik xususiyati bilan birga fenomen xususiyatiga xam egadir. Gnoseologik nuqtai nazardan berilgan bu baho, uning qanday idrok etilishi va qanday maqsadlarda foydalanish jarayonini o'z ichiga oladi. Falsafa tarixida, ijtimoiy taraqqiyot asosida turli hodisalar yotadi deb tushuntiruvchi turli falsafiy subyektiv tizimlar mavjud bo'lgan. Shunday asosni Aflotun ijtimoiy adolatda, Gegel mutlaq zakovatda, Marks iqtisodiy omilda, Freyd hayot instinktida, Nitsshe inson irodasida, Shteynal milliy ruxda, Monteske esa jo'g'rofiy muhitda deb bilgan. Sanab o'tilgan omillar u yoki bu darajada ijtimoiy taraqqiyotga o'z ta'sirini o'tkazadi. Hamma gap - o'sha darajani to'g'ri belgilashda. Nomlari zikr etilgan faylasuflar malum bir omilning rolini boshqalarga nisbatan chuqurrok tahlil kilganlar, lekin ularning kamchiligi shu omil rolini mutlaqlashtirishda edi. Ikkinchi kamchilik shunda ediki, ular malum omilning rolini faqat umumlashtirib tahlil qilgan edilar. Holbuki, bir davrda hal qiluvchi rol o'ynagan omil boshqa sharoitda ijtimoiy taraqqiyotga zig'irchalik ta'sir qilmasligi mumkin. Masalan, iqtisodiy omil, Marks falsafiy tizimida ijtimoiy taraqqiyot asosi, deb ko'rsatiladi. Bu tizimdagi ijtimoiy borliq tushunchasi negizini xam iqtisodiy omil tashkil qiladi. Marks va uning izdoshlari borliq va ong munosabatini falsafaning bosh masalasi darajasiga ko'tarar ekanlar, uni borliq foydasiga xal qiladilar. Shu masalani hayotga tadbiq qilish esa ular talqinida ijtimoiy borliq va ijtimoiy ong mutanosibligi tarzida qo'yiladi. Bu ikki hodisa munosabatlari ham ijtimoiy borliq foydasiga ...

Joylangan
02 Oct 2024 | 22:41:53
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
66.7 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
02 Oct 2024 [ 22:41 ]
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
66.7 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:30 ]
Arxiv ichida: doc