Sotsiologiya fan sifatida

Sotsiologiya fan sifatida

O'quvchilarga / Sotsiologiya
Sotsiologiya fan sifatida - rasmi

Material tavsifi

Sotsiologiya fan sifatida Reja: Sotsiologiyaning predmeti, obyekti va vazifalari. O.Kont- pozitiv sotsiologiyaning asoschisi. Antik davrning qomusiy olimlari va Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy falsafiy ta'limotlari G'arb sotsiologiyasi klassiklari ta'limoti. Sotsiologiyaning boshqa fanlar bilan munosabati. Sotsiologiyaning predmeti, obyekti va vazifalari. Sotsiologiya gumanitar fanlar doirasidagi shunday yo'nalishki, u butun jamiyat va uning ijtimoiy tizimini tashkil etadigan tarkibiy qismlarining rivojlanish va mavjud bo'lish qonuniyatlarini, turli sotsial jarayonlar o'rtasidagi o'zaro aloqalar va kishilarning sotsial xulq-atvori qonuniyatlarini o'rganadi. Sotsiologiya fani jamiyatda ro'y berayotgan yirik ijtimoiy-siyosiy voqealarni shunchaki qayd etish bilangina cheklanmaydi, balki uning asl mohiyati va mazmunini atroflicha ochib beradi. Bu fan o'zining ilmiy xulosalarini empirik darajada asoslangan holatda ilgari suradi. Sotsiologiya fan sifatida hozirgi ijtimoiy jarayonlar holatiga to'laqonli javob berish bilangina cheklanmasdan, balki ularning istiqboldagi o'zgarish darajasi xususida bashorat qiladi. Ana shu jihatdan sotsiologiya fani nazariyasi, amaliyoti va tadqiqot usullarini atroflicha o'rganib chiqish zarurati tug'iladi. Fanning asosiy mohiyati sotsiologiya rivojlanishining nazariy-uslubiy asoslari, fanning predmeti va obyekti, institutlashgan shakllari, ijtimoiy fikrning tarixiy rivojlanishi, fanlar tizimida sotsiologiyaning o'rni, sotsiologiyani tushunishdagi ilmiy nazariyalar, uning tushunchalar tizimini ko'rib chiqishda namoyon bo'ladi. Fanning nazariy asoslari dolzarb ijtimoiy jarayonlar, sotsial struktura va sotsial tizimlarning mavjud bo'lishi va rivojlanish muammolari, jamiyat sotsial-madaniy tizim sifatida, shaxs ijtimoiy munosabatlarning obyekti va subyekti sifatida, sotsial munosabatlar, ijtimoiy jamoalar, sotsial aloqalar, sotsial tashkilotlar, guruhlar, sotsial institutlar va institutlashgan munosabatlar, jamiyatdagi ijtimoiy o'zgarishlarni batafsil bayon qilish bilan mos keladi. Bunda asosiy etibor amaliy faoliyatda sotsiologik bilim va usullardan foydalanish imkoniyatlarini ishlab chiqishga, O'zbekiston va jahondagi sotsial muammolarga nisbatan qiziqishning oshganligiga qaratiladi. Sotsiologiyaning obyekti va predmeti haqida mukammalroq tushunchani ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.42 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:30 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.42 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga