Sotsiologiya fanining predmeti, obyekti va ijtimoiy fanlar tizimida tutgan o'rni Reja 1. Sotsiologiya fanining predmeti va tadqiqot obyekti. 2. Sotsiologiya fanining uslub va qonuniyatlari. 3. Sotsiologiya fanining sohaviy tizimlari va ijtimoiy fanlar tizimidagi o'rni Sotsiologiya lotincha societas - jamiyat va yunoncha logos - tushuncha, ta'limot ma'nosini anglatib jamiyatning tarkibiga kiruvchi alohida institutlar, tizimlar, guruhlar va ularning o'zaro aloqadorligini o'rganuvchi fandir. Demak, sotsiologiya umumiy ma'noda jamiyat to'g'risidagi fandir. Sotsiologiya fan sifatida XIX asrning 30-yillarida shakllanib, bu tushuncha fanga fransuz faylasufi Ogyust Kont tomonidan kiritilgan. Ma'lumki, O.Kont falsafasi pozitivizm nomi bilan mashhur. U falsafani fan va metodologiya sifatida rad etadi. Uningcha, pozitiv falsafaning asosiy maqsadi xususiy fanlar umumiy xulosalarini umumlashtirish vazifasidan iborat bo'lgan. Bu prinsipni sotsiologiyaga ham tadbiq qilgan. Uning sotsiologiyasi empirik ma'lumotlarni to'plash va kuzatishdan iborat bo'lgan. Empirik ma'lumotlarni falsafiy jihatdan umumlashtirish esa rad etilgan. Ilmiy nazariyasiz va ilmiy metodologiyasiz jamiyat hayoti to'g'risidagi empirik ma'lumotlarni ilmiy jihatdan umumlashtirib bo'lmaydi. Ular nari borganda, subyektiv xulosalardan iborat bo'lib qolaveradi. Hozirgi kunda sotsiologiya, sotsilog, sotsiologik savol-javob sotsiologik tadqiqot natijalari degan iboralar kundalik hayotga kirib kelmoqda. Ularni radio va televideniyeda eshitishimiz, turli ro'znoma va oynomalarda o'qishimiz mumkin. Sotsiologik tadqiqotlar ijtimoiy fikrlarni o'rganishning, siyosiy partiyalar, liderlar, programmalarning reytingini, ijtimoiy tashkilotlarning va harakatlarning mavqeini aniqlashning, davlat siyosati ishlab chiqish va boshqa masalalarni yechishning zarur vositasi bo'lib kelmoqda. Lekin sotsiologiyaning fan sifatidagi predmetini aniqlashga yondashish sust bormoqda. Ko'pchilik sotsiologiyani anketa, interv'yu, savol-javoblar bilan tenglashtirib qo'yadi. To'g'ri, anketa, intervyu, savol-javoblar sotsiologik tadqiqotlarning muhim vositalaridir, lekin ularni sotsiologiya bilan tenglashtirmaslik zarur. U holda sotsiologlarni 2-3 oylik kurslarda yetishtirib chiqarish mumkin ...

Joylangan
02 Oct 2024 | 22:41:53
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
28.44 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:30
Arxiv ichida: docx
Joylangan
02 Oct 2024 [ 22:41 ]
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
28.44 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:30 ]
Arxiv ichida: docx