Reja: 1. Sotsiologiya mustaqil ijtimoiy-siyosiy fan sifatida. Uning obyekti va predmeti. 2. Sotsiologiyaning boshqa fanlar tizimida tutgan o'rni. 3. Sotsiologiyaning tarkibiy tuzilishi. Sotsiologiyaning metodlari va sotsiologik qonunlar. 4. Sotsiologiya faning asosiy vazifalari va muammolari. Sotsiologiya Glotincha societas - jamiyat va yunoncha logos - tushuncha, ta'limot manosini anglatibG jamiyatning tarkibiga kiruvchi alohida institutlar, tizimlar, guruhlar va ularning o'zaro aloqadorligini o'rganuvchi fandir. Demak, sotsiologiya umumiy manoda jamiyat to'g'risidagi fandir. Sotsiologiya fan sifatida XIX asrning 30-yillarida shakllanib, bu tushuncha fanga fransuz faylasufi Ogyust Kont tomonidan kiritilgan. Malumki, O.Kont falsafasi pozitivizm nomi bilan mashxur. U falsafani fan va metodologiya sifatida rad etadi. Uningcha, pozitiv falsafaning asosiy maqsadi xususiy fanlar umumiy xulosalarini umumlashtirish vazifasidan iborat bo'lgan. Bu prinsipni sotsiologiyaga xam tadbiq kilgan. Uning sotsiologiyasi empirik ma'lumotlarni to'plash va kuzatishdan iborat bo'lgan. Empirik ma'lumotlarni falsafiy jihatdan umumlashtirish esa rad etilgan. Ilmiy nazariyasiz va ilmiy metodologiyasiz jamiyat hayoti to'g'risidagi empirik ma'lumotlarni ilmiy jihatdan umumlashtirib bulmaydi. Ular nari borganda, subyektiv xulosalardan iborat bo'lib kolaveradi. hozirgi kunda sotsiologiya, sotsilog, sotsiologik savol-javob sotsiologik tadqiqot natijalari degan iboralar kundalik hayotga kirib kelmokda. Ularni radio va televideniyeda eshitishimiz, turli ruznoma va oynomalarda o'qishimiz mumkin. Sotsiologik tadqiqotlar ijtimoiy fikrlarni o'rganishning, siyosiy partiyalar, liderlar, programmalarning reytingini, ijtimoiy tashkilotlarning va harakatlarning mavkeini aniklashning, davlat siyosati ishlab chiqish va boshqa masalalarni yechishning zarur vositasi bo'lib kelmokda. Lekin sotsiologiyaning fan sifatidagi predmetini aniklashga yondashish sust bormokda. Kupchilik sotsiologiyani anketa, intervyu, savol-javoblar bilan tenglashtirib kuyadi. to'g'ri, anketa, intervyu, savol-javoblar sotsiologik tadqiqotlarning muhim vositalaridir, lekin ularni sotsiologiya bilan tenglashtirmaslik zarur. U holda sotsiologlarni 2-3 oylik kurslarda etishtirib chiqarish mumkin ...

Joylangan
02 Oct 2024 | 22:41:53
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
61.27 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
02 Oct 2024 [ 22:41 ]
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
61.27 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:30 ]
Arxiv ichida: doc