Sotsiologiya fanining vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari

Sotsiologiya fanining vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari

O'quvchilarga / Sotsiologiya
Sotsiologiya fanining vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari - rasmi

Material tavsifi

Reja: Antik va Markaziy Osiyo mutafakkirlarining sotsiologik qarashlari. Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishidagi ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlar va ilmiy-nazariy manbalar. Sotsiologiya fanining rivojlanish bosqichlari: klassik, noklassik va XX asr AQSH sotsiologiyasi. Sobiq sovet davrida va mustaqil O'zbekistonda sotsiologik fanining rivojlanishi. Sotsiologiyani fan sifatida tasavvur etishda uning vujudga kelishi va tarixiy rivojlanish bosqichlarini o'rganish muhim ahamiyatga egadir. Sotsiologiya-insoniyatning bir necha ming yillik tarixiy taraqqiyoti davomida yaratilgan ma'naviy madaniyatning ajralmas tarkibiy qismidir. Afsuski, kommunizm mafkurachilarning vakillari kibernetika, psixologiya, politologiya kabi fanlar qatorida sotsiologiya ham inkor etilib, uni sotsializmga zararli «yolg'on fan» qatoriga qo'shib ko'p yillar davomida jahon xalqlarining durdonasi, ma'naviy va madaniy boyligi bo'lgan bu fanning va uning namoyonlarini tahqirladilar. Natijada jamiyatning eng katta boyligidan-ijtimoiy fikrlarni har tomonlama va chuqur o'rganishdan, ijtimoiy taraqqiyot borasida axborotlar tizimini yaratishdan va oxir oqibatda ijtimoiy hayotni aniq ma'lumotlarga, to'g'rirog'i xalq fikriga tayangan holda ilmiy asosda boshqarishdan mahrum qildilar. Mustaqillik tufayli sotsiologiya faniga prezidentimiz I.Karimov tomonidan keng yo'l ochib berildi. Shaxsan I.Karimov rahbarligida O'zbekistonda «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik markazining tashkil etilishi esa bu fanning prezidentimiz himoyasiga olinganligidan dalolatdir. Endi bizning oldimizda turgan masala bu sotsiologiya fani qachon vujudga kelgan degan muammodir. Eng avvalo shuni unutmaslik kerakki, sotsiologiya - bu jamiyat to'g'risidagi fandir. Ijtimoiy munosabatlarni, jamiyatning turli sohalaridagi o'ziga xos jihatlarni, umumiy va xususiy qonuniyatlarni, jarayonlarni o'rganadigan fan bu sotsiologiyadir. Shu sababli sotsiologiya-jamiyat, sotsial jamiyat sifatida o'zining uzoq tarixiga egadir. Insoniyat tarixiy taraqqiyoti tabiat va jamiyat bag'rida namoyon bo'lishini million yillar o'z ichiga qamrab oladi. Shundan esa haqiqiy ijtimoiy jamiyat kishilarning ongli faoliyati, tafakkur bilimlarning shakllanib, ma'naviy-madaniy boylik manbalari shakllanib kishilik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.69 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.69 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga