Reja: 1. Antik dunyo sotsiologiyasi. 2. sharq mutafakkirlarining sotsiologik qarashlari. 3. g'arbiy Yevropasotsiologiya maktabi. 4. XX asr sotsiologiyasi. 5. Sotsiologik maktablar va ularning asosiy bosqichlari. Poizitivizm, tushunuvchan sotsiolgiya, omma, elita, ijtimoiy institutlar, sufiylik, xanafiya, mitroizm, zardushtiylik, supertizm. 2.1. Sotsiologiyani fan sifatida oldingi ma'ruzamizda tasavvur etgan edik. Endi shu tasavvurlarimizni yanada boyitish maqsadida, uning vujudga kelishi va tarixiy rivojlanish bosqichlarini o'rganishimiz lozim bo'ladi. Sotsiologiya fan sifatida kachon vujudga keldi? Eng avvalo shuni unumasligimiz kerakki, sotsiologiya bu - jamiyat to'g'risidagi fan. Ijtimoiy munosabatlarni, jamiyatning turli sohalardagi o'ziga xos jihatlarini, umumiy va xususiy qonuniyatlarini, jarayonlarini o'rganadi. Ijtimoiy hayot rivojlanishi qonuniyatlarini o'rganishga qaratilgan ta'limotlar, qarashlar, eramizdan avvalgi IV asrdayok yunon faylasuflari Aflotun ( yer.avv. 427-347 yy) ning «qonunlar», « Davlat to'g'risida», Arastu ( yer.avv 384-322) ning « Siyosat to'g'risida», «Metafizika», « Etika», Protagor ( yer.avv. 490-420 yy) « Xakikat» kabi asarlarida keng yoritilgan. Antik dunyo sotsiologiyasi xususida gap ketar ekan biz, 3 ta davr to'g'risida ma'lumotga ega bo'lishimiz darkor. Bular: 1. Eng qadimgi grek sotsiologiya maktabi. 2. Grek demokratiyasi ravnaki davri. 3. Antik dunyoning «oltin davri». Eng avvalo, qadimgi grek sotsiologiyasi haqida fikr yuritsak, XII asrda yashab ijod etgan Gomer va VI asrgacha amal kilgan Milet maktabi vakillarining qarashlarini keltirib utishimiz mumkin. Bu maktab vakillarining falsafiy qarashlari sizga falsafa kursidan yaxshi tanish. Shunday bulsa-da, biz ularga alohida-alohida tuxtalib utmokchimiz. FALYeS - uning fikricha, jamiyat va tabiatning asosini dastlabki tarkibiy modda hisoblangan suv omili tashkil etadi. Barcha o'zgarishlar suv va suyuqliklar tufayli ruy berishini takidlaydi. Tabiatdagi barcha narsalar suv ishtirokida yuzaga kelganligi sababli ularning ...

Joylangan
02 Oct 2024 | 22:41:53
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.05 MB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
02 Oct 2024 [ 22:41 ]
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.05 MB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:31 ]
Arxiv ichida: doc