Sotsiologiya faninng vujudga kelishi

Sotsiologiya faninng vujudga kelishi

O'quvchilarga / Sotsiologiya
Sotsiologiya faninng vujudga kelishi - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Eramizdan avvalgi yunon faylasuflari (Aflotun, Arastu, Protagor) va Markaziy Osiyo mutafakkirlarining ijtimoiy qarashlari. 2. XIX - asr oxiri va XX asrning boshlarida sotsiologiyaning shakllanisha va rivojlantirilishi (O.Kont, G.Spenser, E.Dyurkgeym, M.Veber va boshqalar) 3. XX asr AQSH sotsiologiyasi. 4. Hozirgi sharoitda sotsiologiya fanining rivojlantirilishi. Eramizdan avvalgi yunon faylasuflari (Aflotun, Arastu, Protagor) va Markaziy Osiyo mutafakkirlarining ijtimoiy qarashlari. Sotsiologiyani fan sifatida tasavvur etish uchun eng avvalo uning vujudga kelishi va tarixiy rivojlanish bosqichlarini o'rganish muhim ahamiyatga egadir. Ijtimoiy hayot rivojlanishi qonuniyatlarini o'rganishga qaratilgan ta'limotlar, qarashlar eramizdan avvalgi IV asrdayoq yunon faylasuflari Aflotun (eramizdan avvalgi 427-347 yil) ning Qonunlar , Davlat to'g'risida, Arastu (eramizdan avvalgi 384-322 yil) ning Siyosat to'g'risida, Metafizika, Etika, Protagorning (eramizdan avvalgi 490-420 yil) Haqiqat kabi asarlarida yoritilgan. Markaziy Osiyoning mutfakkirlari bo'lmish Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo kabi ulug' allomalar o'z davri ijtimoiy hayotning turli sohalarini ilmiy asosda tadqiq qilganlar va o'zlarinig ijtimoiy qarashlarini asarlarida yozib qoldirganlar. Abu Nasr Farobiy o'zining Fozil shahar ahli qarashlari haqida kitob, Siyosat al - madaniya kabi asarlarida oliyjanob jamiyat, adolatli tuzum, odil hukmdorlar haqida o'z fikr va mulohazalarini bayon qilgan. U o'zi yashagan davrning ijtimoiy tizimini, uning ziddiyatlari va bu ziddiyatlarning kelib chiqishidagi muammolarni nazariy jihatdan tahlil qilishga uringan. Davlat va jamiyat masalalarida davlatni ijtimoiy tizimni boshqaruvchi tashkilot deb, uni muvaffaqiyatli boshqarish esa ko'p jihatdan davlat boshlig'i, hokimning xarakteriga, fazilatlariga bog'liq deb bilgan. Fozil shahrining birinchi boshlig'i, deb takidlaydi Farobiy, - shu shahar aholisiga imomlik qiluvchi oqil kishi bo'lib, u tabiatan o'n ikkita xislat fazilatni o'zida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.57 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.57 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga