Sotsiologiya tadqiqotlarni tashkil etish va umumlashtirish

Sotsiologiya tadqiqotlarni tashkil etish va umumlashtirish

O'quvchilarga / Sotsiologiya
Sotsiologiya tadqiqotlarni tashkil etish va umumlashtirish - rasmi

Material tavsifi

Sotsiologiya tadqiqotlarni tashkil etish va umumlashtirish Reja: Empirik tadqiqotlar sotsiologik tadqiqotlarning ko'rinishi sifatida. Empirik tadqiqotlarning obyekti va subyekti. Empirik sotsiologik usullarning umumiy xususiyatlari. So'rov usuli va uning turlari (anketa, ekspert, so'rov, test, panel va boshqalar). Sotsiologik ma'lumotlarni tahlil qilishning sifatiy va miqdoriy usullari. O'zbekiston sharoitida empirik sotsiologik tadqiqotlarni o'tkazishning zarurligi. 1.Empirik tadqiqotlar sotsiologik tadqiqotlarning ko'rinishi sifatida. Empirik tadqiqotlarning obyekti va subyekti. Sotsiologiya fanini empirik sotsiologik tadqiqot jarayonisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Empirik so'zi qadimiy yunoncha bo'lib, tajriba manosini anglatadi. Empirik sotsiologik tadqiqot deganda, yangi dastur va uslubiyat bilan amaliy asosda ijtimoiy hayot, hodisa va jarayonlar to'g'risida olingan empirik ma'lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish asosida zarur amaliy takliflar, tavsiyalar ishlab chiqish tushuniladi. Empirik sotsiologik tadqiqotda ijtimoiy faktlarni izlash, tasnif qilish, to'plash muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy fakt deb, ilmiy asoslangan, muayyan vaqt davomida real ijtimoiy voqelikning alohida jihatlarini tasnif qilish orqali olingan ma'lumotlarga aytiladi. Bozor munosabatlariga o'tish jarayonining hozirgi bosqichida jamiyatda ro'y berayotgan muhim o'zgarishlarni, kishilar o'rtasidagi munosabatlarni amaliy sotsiologik tadqiqotlarsiz ilmiy asosda o'rganib bo'lmaydi. Jamiyatni ilmiy boshqarish doimo amaliy sotsiologik tadqiqot natijalariga tayanmog'i zarur. Mavjud ijtimoiy muammolarni hal etib borishda, jamiyatning ijtimoiy rivojlanishida va unga rejali prognoz berish bilan uni ilmiy asosda boshqarishda amaliy sotsiologik tadqiqot natijalari muhim vazifalarni bajaradi. Sotsiologik tadqiqotlarning sifat darajasini va samaradorligini oshirish, empirik ma'lumotlarning ishonchli ekanligini, ilmiy asoslanganligini ta'minlash uchun uning metodologik asosiga alohida etibor qaratilmog'i lozim. Ushbu bo'limda amaliy sotsiologik tadqiqot ishlari olib borishning metodologiyasi, uslubiyati, asosiy usul va vositalari xususida to'xtalib o'tamiz. Amaliy sotsiologik tadqiqot jarayonini 4 asosiy bosqichga bo'lib qo'rsatish mumkin. Bu bosqichlarning har biri ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.38 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.38 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga