Sotsiologiyada etnik mansublik jarayonlarining o'rganilish darajasi Reja: Plyuralistik jamiyatlarda etnik guruhlar, mayda millatlar va irq. Etnik ziddiyatlar xuroforlar va diskriminasiya. Fuqarolik huquqlari uchun harakatlar. 4. Tarixdagi etnik munosabatlar: bir necha misolning talqin qilinishi. Barekaminlar misolida, guruhlar asosiy aholidan farq qilmasa ham, ularga qarshi munosabat qanchalik chuqur va turg'un bo'lishini ko'rishimiz mumkin. Afsuski, bunday ta'qiblar - insoniyat tarixi uchun o'ta oddiy holdir. Deyarli ikki ming yil mobaynida xristian G'arbida yahudiylar diskriminasiya va ta'qib etilar edi, Ikkinchi jahon urushi paytida konsentrasion lagerlarda millionlab yahudiylarning yo'q qilinishi esa eng shafqatsiz qatag'onlarning dahshatli misoli bo'ldi. Nasistlar mafkurasi yahudiylarni Germaniya va shimoliy Yevropaning «asl» millatlariga nisbatan past deb e'lon qildi. «Oriy» atamasi avvaliga turli irq mansublari so'zlashadigan tillar guruhiga tegishli edi, keyinchalik esa nasistlar va ularning «irqiy nazariyachilari» tomonidan haqiqat bilan umuman bog'liq bo'lmagan xususiyatlarni belgilash uchun o'zlashtirib olindi. Germaniyadaga yahudiylar va Yaponiyadagi barekaminlar - etnik xususiyatli guruhlardir. Etnik mansublik ma'lum guruhni boshqalardan ajratib turadigan madaniy urf-odatlar va dunyoqarash bilan xarakterlanadi. Etnik guruhlar a'zolari, o'zlarini madaniyat va boshqa jihatlardan boshqa ijtimoiy hamjamiyatlardan farqli deb hisoblaydilar va jamiyatdaga boshqa guruhlar tomonidan ham shunday qabul qilinadilar. Etnik gu-ruhlarni farqlash uchun ko'plab turli xarakteristikalar mavjud, lekin bunda asosan til, tarix yoki kelib chiqish, din, qiyinish tarzi va bezaklarga ko'proq e'tibor beriladi. Etnik farqlar to'laligicha orttirilgan bo'ladi; bunday fikr shubhasizdek tuyuladi, lekin bu guruhlarning ba'zilari «tug'ma hukmdorlar», yoki aksincha, «ahmoqlar», «tug'ma tanballar» deb hisoblanishini esga olsak, boshkdcha fikrlarni ham inobatga olishimizga to'g'ri keladi. Ko'pchilik zamonaviy jamiyatlar ko'plab etnik guruhlardan tashkil topadi. Buyuk Britaniyada yaqqol ko'zga tashlanadigan etnik guruhlar - ...

Joylangan
02 Oct 2024 | 22:41:53
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.85 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
02 Oct 2024 [ 22:41 ]
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.85 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:31 ]
Arxiv ichida: doc