Reja: 1. Shaxs 2. Guruh sotsiologiyasi 3. Jamiyat va ijtimoiy hodisa tushunchasi 4. Iijtimoiy harakat 5. Sotsial institutlar, tashkilotlar, tizimlar sotsiologiyasi 6. Sotsial munosabatlar 7. Sotsial dinamika va rivojlanish sotsiologiyasi 8. Tafakkur tarzi sotsiologiyasi. 1.SHAXS O'zbekiston o'z mustaqilligiga erishgach ijtimoiy fanlar oldiga shu sohaning har biri dolzarb hisoblangan mavzularni yangicha yondashuv asosida ochib berish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek sotsiologiya fanida shaxsni o'rganish shu fanning asosiy maqsadi va vazifalarini belgilashni asosini tashkil qiladi. Sotsiologiya fanida shaxs ijtimoiy munosabatlarning majmui, ya'ni jamiyat mahsuli sifatida o'rganiladi. Shu sababli shaxs tushunchasi sotsiologiya fanining obyekti va subyekti sifatida shu fanning asosiy markazida bo'ladi. Individ sifatida namoyon bo'lgan mavjudot ijtimoiy muhit ta'siri shaxs sifatida shakllanadi. Individning jamiyat bilan o'zaro munosabati uni ma'lum bir sotsial jamoa vakiliga aylantiruvchi turli guruhlar. Bu munosabatni amalga oshirishda muloqat asosiy rol o'ynaydi, sotsial guruhlar orqali amalga oshadi. Chunki muloqat shaxsning asosiy ijtimoiy munosabatlar sistemasida nazariy va amaliy bilimlarni egallashida uning shu sistemadagi o'zining maqomiga ega bo'lishida, faoliyati jarayonida va kundalik turmush tarzida asos sifatida xizmat qiladi. Shu bilan birgalikda shaxs muloqat orqali o'zining shaxs sifatida shakllanganligini va boshqa shaxslarning ijtimoiy muhitining haqiqiy subyekti yoki uning ijrochisi sifatida shakillangani to'grisida tushunchaga ega bo'lishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli shaxs jamiyatdagi barcha munosabatlarning shakllanishi va sotsial dinamik xarakterini belgilashda asos bo'lib xizmat qiladi. Demak shaxs kishining hayot kechirish sharoitlarida sotsial guruhlar, sotsial institutlar, sotsial tashkilotlar ta'sirida faoliyat jarayonida shakllanadi. Shaxsning shakllanishida guruhlar va jamoalar yetakchi rol o'ynaydi. Shaxsning shakllanishi birinchidan uning rivojlanish davri va natijasi, ikkinchidan shaxsni maqsadga yo'naltirilgan tarbiyalanishidan iboratdir. ...

Joylangan
02 Oct 2024 | 22:41:53
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
79.68 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
02 Oct 2024 [ 22:41 ]
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
79.68 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:31 ]
Arxiv ichida: doc