Sotsiologiyada sotsial institut tushunchasi

Sotsiologiyada sotsial institut tushunchasi

O'quvchilarga / Sotsiologiya
Sotsiologiyada sotsial institut tushunchasi - rasmi

Material tavsifi

Sotsiologiyada sotsial institut tushunchasi Sotsial institut lotincha - institutum, ruscha lug'aviy ma'nosi - ustanovleniya ŏzbekcha ma'nolarda, birinchidan nizom, qoidalar yoki ularning tŏplamini, ikkinchidan, mahkama, muassasalarni bildiradi. Sotsial institut tushunchasi sotsiologiyaga huquqshunoslik fanidan kirib kelgan. Yurisprudentsiyada sotsial institutlar deyilganda,- ijtimoiy-huquqiy munosabatlarni idora qiladigan huquqiy normalar merosxŏrlik, mulkka egalik, oila va nikoh institutlari tushuniladi. SOTSIAL INSTITUTLAR Sotsial institutlar, tashkilotlar, tizimlarni o'rganish sotsiologiyaning maxsus yo'nalishlari hisoblanadi. Sotsial institut (lotincha - institutum, ruscha lug'aviy ma'nosi - ustanovleniya, o'zbekcha ma'nolarda, birinchidan, nizom, qoidalar yoki ularning to'plamini, ikkinchidan, mahkama, muassasalarni bildiradi. Sotsial institutlar yoki institutsional sotsiologiya maxsus nazariy yo'nalishdir. Sotsiologiyaga sotsial institut tushunchasi huquqshunos fanlaridan kirib kelgan. Yurisprudensiyada sotsial institutlar deyilganda, ijtimoiy - huquqiy munosabatlarni idora qiladigan huquqiy normalar (merosxo'rlik, mulkka egalik, oila va nikoh institutlari) tushuniladi. Institutsional sotsiologiya - ijtimoiy hayotni tashkil etishning va idora etishning (boshqarishning regulyatsiya qilishning) barqaror shakllarini o'rgatuvchi sohadir. Sotsial institutlarni konkret tashkilot va guruhlardan farqlash lozim. Yuzaki ko'rinishda, sotsial institut muayyan vazifani bajaruvchi odamlar muassasalar, idoralar majmui sifatida gavdalanadi. Mazmuniga ko'ra esa, sotsial institut va shaxslarning konkret vaziyatlarda amal qiladigan maqsadga muvofiq, rasmiy va norasmiy, barqaror, standartlashgan tamoyil normalar, o'rnashmalarini bildiradi. Sotsial institut, qisqacha ta'rifda, odamlar sotsial tashkillashgan va regulyatsiya qilinadigan faoliyatlarni anglatadi. Sotsial institutlar xatti-harakatining nisbatan barqaror shakllar namunalarini, avloddan-avlodga o'tuvchi an'analar, odatlarni qayta takror hosil qilinishini ham ta'minlaydi. Sotsial strukturaga kiruvchi har bir sotsial institut muayyan ijtimoiy ahamiyat vazifalarni ado etish uchun tashkil topadi, har bir sotsial institut faoliyat maqsadi, unga erishishni ta'minlovchi konkret funksiyalar, ushbu institutga xos bo'lgan sotsial pozitsiya va rollar shuningdek, maqsadga muvofiq, kerakli xatti-harakatni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 812.92 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:31 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 812.92 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga