Sotsiologiyaning mustaqil fan sifatida shakillanish bosqichlari

Sotsiologiyaning mustaqil fan sifatida shakillanish bosqichlari

O'quvchilarga / Sotsiologiya
Sotsiologiyaning mustaqil fan sifatida shakillanish bosqichlari - rasmi

Material tavsifi

Sotsiologiyaning mustaqil fan sifatida shakillanish bosqichlari 1. Antik dunyo sotsiologiyasi 2. Sharq mutafakkirlarining sotsiologik qarashlari. 3. G'arbiy Yevropasotsiologiya maktabi. Reja: Sotsiologiyani fan sifatida tasavvur etish uchun eng avvalo uning vujudga kelishi va tarixiy rivojlanish bosqichlarini o'rganish muhim ahamiyatga egadir. Ijtimoiy hayot rivojlanishi qonuniyatlarini o'rganishga qaratilgan ta'limotlar, qarashlar eramizdan avvalgi IV asrdayoq yunon faylasuflari Aflotun (eramizdan avvalgi 427-347 yil) ning Qonunlar , Davlat to'g'risida, Arastu (eramizdan avvalgi 384-322 yil) ning Siyosat to'g'risida, Metafizika, Etika, Protagorning (eramizdan avvalgi 490-420 yil) Haqiqat kabi asarlarida yoritilgan. Markaziy Osiyoning mutfakkirlari bo'lmish Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo kabi ulug' allomalar o'z davri ijtimoiy hayotning turli sohalarini ilmiy asosda tadqiq qilganlar va o'zlarinig ijtimoiy qarashlarini asarlarida yozib qoldirganlar. Abu Nasr Farobiy o'zining Fozil shahar ahli qarashlari haqida kitob, Siyosat al - madaniya kabi asarlarida oliyjanob jamiyat, adolatli tuzum, odil hukmdorlar haqida o'z fikr va mulohazalarini bayon qilgan. Madaniy jamiyat va madaniy shahar shunday bo'ladiki, shu mamlakatning aholisidan bo'lgan har bir odam kasb - hunarda ozod, hammaga baravar bo'ladi, kishilar o'rtasida farq bo'lmaydi, har kim o'zi ozod bo'ladilar - kabi fikrlari Farobiyning jamiyat hayotini chuqur tahlil qilganligidan dalolat beradi. Abu Rayhon Beruniy o'zining Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar, Minerologiya, Hindiston asarlarida ijtimoiy hayot masalalarini yoritgan. Beruniy o'z davrining etnosotsiologi ham edi. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar asarida turli xalqlar: forslar, yunonlar, yahudiylar, xristian molikiylar va xristian nasturiylar, majusiylar, sobitlar, budparast arablar, musulmon arablar, turklar to'g'risida qimmatli ma'lumotlar yozib qoldirgan. O.Kont tomonidan 1839 yilda Pozitiv falsafa kursi asarining uchinchi tomi nashr etilganligi natijasida, birinchi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 300.05 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:31 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 300.05 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga