SOtsiologiyaning Paydo Bo'lishi Va Rivojlanishida O.Kont Va Abu Nasr Forobiylarning Tutgan O'rni Reja: 1. Abu Nasr Forobiy yashagan davrning ijtimoiy iqtisodiy, g'oyaviy - nazariy shart sharoitlari 2. Sharq mutaffakiri Abu Nasr Forobiy g'arb sotsiologi Ogyust Kont ma'naviy merosini o'rganishning sotsiologik tahlili 3. Fuqarolik jamiyatini shakllantirishda jamiyatshunos olimlar ilmiy merosining ahamiyati . Sotsiologiya jamiyat haqidagi fan. Sotsiologiya tarixi - jamiyat haqidagi ilmiy tasavvurlarning shakllanish jarayoni tarixi. Mazkur mavzu sotsiologiyaning hozirgi holati tahliliga o'ziga xos debochadir. Hozirgi davrni uning tarixiga nazar tashlamasdan tushunish, fan tarixini bilmay turib uning hozirgi holati haqida tasavvur hosil qilish mumkin emas. Boz ustiga, har qanday hodisaning tarixi har doim nazariyadan to'liqroq bilim beradi. To'liq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug' Tarxon Forobiy (873 yil Forob shahri - 950-yil Damashq) Bo'lajak buyuk olim Aris daryosi Sirdaryoga qo'yiladigan joyda Shosh-hozirgi Toshkentdan 200-260 km. shimoli-Farbda joylashgan Forob (O'tror) degan joyda tug'ilgan. U Forobda o'qigan, Shoshda bo'lgan, Buxoro va Samarqandda ta'lim olgan. Arab xalifaligining markazi-Bog'dodda o'qishi davom ettirgan, umrining oxirgi yillarida Xalabda, so'ngra Damashqda yashagan va shu yerda vafot etgan. O'sha davrda Movarounnahrda somoniylar sulolasi hukmronlik qilayotgan edi. Bo'lajak faylasuf boshlang'ich bilimini O'trorda olgandan so'ng , o'qishini Toshkent, Samarqand va Buxoroda davom ettirdi. Farobiy ilmini yanada chuqurlashtirish maqsadida Bag'dodga yo'l oladi. Olim yo'l-yo'lakay Eronning yirik shaharlari Ray, Hamadon, Isfahon va boshqa joylarda bo'ladi. Bag'dodda Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlaridan kelgan talaba va olimlar to'plangan edi. Bu yerda ko'zga ko'ringan olimu fuzalolar bilan tanishdi, yunon falsafiy maktabi, turli fan sohalari namoyandalari bilan uchrashib, ulardan ilm sirlarini o'rgandi. Abu Bashar Matta ...

Joylangan
02 Oct 2024 | 22:43:26
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
777.9 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:31
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
02 Oct 2024 [ 22:43 ]
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
777.9 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:31 ]
Arxiv ichida: pptx