Sotsiologiyaning tarkibiy tuzilishi. Sotsiologiyaning metodlari va sotsiologik qonunlari Hozirgi zamon sotsiologiyasi murakkab tarkibiy tuzilishiga ega bo'lib, sovet tuzumi davridagi bir tomonlilikdan holi bo'ldi. Tanqidiy ko'z bilan qaralgan va inkor qilingan burjua sotsiologiyasi erishgan yutuqlardan foydalanish imkoniyati yuzaga keldi. Ruhiyat, ma'naviyat masalalarini umuminsoniy, milliy va boshqa qadriyatlarni keng va chuqur o'rganish - muhim masalalardan biri bo'lib qoldi. Jamiyat hayoti ilgari aytib o'tganimizdek sotsiologiya fani doirasida uch bosqichda: Umumsotsiologik Maxsus sotsiologik nazariya; Empirik sotsiologik tadqiqotlar asosida o'rganiladi. 1. Umumsotsiologik nazariyaga misol qilib K.Marks va F.Engels tomonidan ishlab chiqilgan jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlarining ishlab chiqarish munosabatlariga o'zaro muvofiq kelishi qonuni, ijtimoiy borliq ijtimoiy ongni belgilab berish qonuni; amerikalik T.Parsons va R.Mertonlarning strukturaviy-funksionalizm ta'limoti, yangi industrial jamiyat ta'limoti va boshqa Harbiy Ovrupo va Amerika olimlarining ta'limotlarini keltirish mumkin. 2. Hozirda sotsiologiyada maxsus sotsiologik nazariyalar sifatida iqtisod sotsiologiyasi, mehnat sotsiologiyasi, turmush tarzi, shahar va qishloq boshqarish va tashkil qilish; siyosat, madaniyat, iml-fan, ta'lim, shaxs, oila, yoshlar, bo'sh vaqt, tibbiyot, etnosotsiologiya, qiziqishlar, ijtimoiy o'zgarishlar va boshqa sotsiologik sohalarni ko'rsatish mumkin. Umumsotsiologik nazariyalardan farq qilib, maxsus sotsiologik nazariyalar makon va zamon jihatidan tor chegaralangandir. Umumsotsiologik nazariyalarning mazmuni jamiyat rivojlanishining asosiy yo'lini belgilovchi dinamik qonuniyatiga asoslangan bo'ladi. Maxsus sotsiologik nazariyalar esa statistik - muayyan bir ijtimoiy doirasidagi o'zgarishlarni ifodalashi mumkin. Har qanday umumsotsiologik nazariya mohiyat etibori bilan maxsus sotsiologik nazariyalar mazmuniga muvofiq bo'lishi shart. Chunki, maxsus sotsiologik aniq amaliy tadqiqotlar orqali tekshirilib boriladi. O'z navbatida umumsotsiologik nazariyalar maxsus sotsiologik nazariyalar uchun ham nazariy, ham metodologik asos bo'lib xizmat qiladi. Umumsotsiologik va maxsus sotsiologik nazariyalar sotsiologiya fanining nazariy jihatini ...

Joylangan
02 Oct 2024 | 22:43:26
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.13 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
02 Oct 2024 [ 22:43 ]
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.13 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:31 ]
Arxiv ichida: doc