Reja: Tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti fanining tadqiqot obyekti, maqsadi va vazifalari 2. Tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti: tushuncha va atamalar 3. Tabiat va uning resurslaridan foydalanishning geografik va iqtisodiy asoslari 4. Tabiat-xo'jalik-aholi tizimi. 5. Tabiatdan foydalanish tamoyillari, ustuvor yo'nalishlari va uni optimallashtirish Tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti fanining tadqiqot obyekti, maqsadi va vazifalari Tabiatdan foydalanish deganda tabiiy resurs salohiyatini ekspluatatsiya qilishning barcha shakllari hamda uni muhofaza qilish bo'yicha tadbirlar majmuasi tushuniladi. Shuningdek, qayta tiklanadigan resurslarni muntazam tiklab borish, miqdorini ko'paytirish, sifatini yaxshilash, tabiatni maqsadga muvofiq holda o'zgartirish, uning ayrim hududlarini foydalanishdan chiqarib, alohida muhofaza qilinadigan obyektlar - qo'riqxonalarga aylantirish kabilarni ham shu manoda tushunmoq kerak. Tabiatni maqsadga muvofiq holda o'zgartirish - tabiatning biologik tizimlari mahsuldorligini oshirish maqsadida rejali va ilmiy jihatdan asoslangan negizda barqaror ravishda o'zgartirish, demakdir. Tabiatdan boyliklarni olish miqyosi fan va texnika taraqqiyoti asosida tobora ortib borayotgan va insonning xo'jalik faoliyati jadallashayotgan hozirgi paytda ikkala turdagi faoliyat - tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish bir-biridan ajratilmagan holda amalga oshirilishi lozim. Tabiatdan foydalanish jarayonidagi har bir tadbir uni muhofaza qilish jarayoniga mos keluvchi tadbir bilan qo'shib olib borilgandagina tabiiy muhit holatini muntazam tiklab borish, atrof - muhitni ifsoslanishining oldini olish mumkin. Bizningcha, tabiatdan foydalanish, uni muhofaza qilish, qayta tiklash, yaxshilash tadbirlari dialektik jihatdan o'zaro bog'liq tadbirlar bo'lib, ular bir vaqtning o'zida amalga oshirilgandigina katta samaraga erishiladi. Bu jarayonni tabiatdan oqilona foydalanish atamasi bilan ifodalash maqsadga muvofiqdir. Uzoq vaqtdar mobaynida tabiatdan oqilona foydalanishga amaliy muammo sifatida qarab kelindi. Ammo tabiatdan foydalanishning amaliy vazifalari maxsus, keng qamrovli va teran tadqiqotlar talab qilayotgan hozirgi sharoitda shunday tadqiqotlar ...

Joylangan
02 Oct 2024 | 22:43:26
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
41.89 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
02 Oct 2024 [ 22:43 ]
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
41.89 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:31 ]
Arxiv ichida: doc