Ta'lim va tarbiya sotsiologiyasi Reja: 1.Ta'lim sotsial bilimning tarmog'i va sotsial institut sifatida. 2.Ta'lim tizimining samaradorligi. 3.O'zbekistonda ta'lim tizimi. Uning maqsadi va vazifalari. 4.Iqtisodiy ta'lim- davr talabi. Ilm - ma'rifatga kizikishi sust millatning kelajagi ham bo'lmaydi. I.A.Karimov Ta'lim sotsial bilimning tarmog'i va sotsial institut sifatida. Ta'lim sotsiologiyasi - jamiyatning ta'lim tizimi to'g'risidagi maxsus sotsiologik nazariya bo'lib, uni nisbatan mustaqil ijtimoiy institut sifatida jamiyat hayotidagi o'ziga xos funksional va rivojlanish qonuniyatlari, darajasini, uning boshqa ijtimoiy tashkilotlar va munosabatlar bilan o'zaro aloqadorligini va shu sohadagi davlat siyosatini o'rganadi. Ta'lim tizimining jamiyat rivojiga ta'siri beqiyosdir. U har qanday davlatning jamiyat ma'naviy hayotini, ijtimoiy va kasbiy tarkibini boshqarishdagi muhim vosita bo'lib xizmat qiladi. Ta'lim sotsiologiyasi - maktab, o'quv yurtlari va muassasalari faoliyati, ulardagi pedagogik mutaxassislarning sifati, yoshlarni o'qitish va tarbiyalash vazifalari kabi masalalarni o'rganishda muhim ahamiyatga ega. hozirda ta'lim tizimi ijtimoiy siyosat tarzida rivojlanmokda. Ta'lim sotsiologiyasi esa bu siyosatning o'ziga xos jihatlarini, uning amaliy natijalarini o'rganishga xizmat qiladi. Ta'lim sotsiologiyasining asosiy vazifasi: - ta'lim tizimining barcha funksiyalarini jamiyat hayotida keng imkoniyatlar darajasida amal qilishini ta'minlash va ijtimoiy hayotning turli sohalaridagi samarali ta'sirini o'rganishdan iborat. Ta'lim tizimi o'zining iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy, ma'naviy funksiyalariga ega bo'lib, jamiyat taraqqiyotining shu sohalari taraqqiyotiga jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Mamlakatning ilmiy-texnikaviy qadriyatlari yuksalishida va shaxs shaqllanishida muhim omildir. G'arbda ta'lim sotsiologiyasiga E.Dyurkgeym va M.Veberlar asos solgan. Ular ta'lim tizimining ijtimoiy funksiyalarini, iqtisodiy, siyosiy jarayonlar bilan aloqasi, oliy ta'lim sohasining o'ziga xos xususiyatlari kabi masalalarni tatqiq qilganlar. E.Fromm, T.Parsons, S.N.Parkinson, T.V.Adorno, R.Kyo'levind, V.Frankl, J.Ellyo'ln, E.Glissan, A-M., bular ta'lim sotsiologiyasi rivojiga o'z xissalarini qo'shganlar. ...

Joylangan
02 Oct 2024 | 22:43:26
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
54.55 KB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
02 Oct 2024 [ 22:43 ]
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
54.55 KB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:31 ]
Arxiv ichida: doc