Tashqi siyosat va xalqaro siyosiy munosabatlar Reja: 1. Davlatlar tashqi siyosatining mazmun-mohiyati va asosiy tamoyillari. Geopolitika. 2. xalqaro nizolar va ularning tub sabablari. Hozirgi xavfli zonalar. 3. xalqaro munosabatlarda o'zaro ishonch va hamkorlikni mustahkamlashda BMT va xalqaro tashkilotlarning roli. Tashqi siyosat - davlatning va jamiyatdagi boshqa siyosiy institutlarning xalqaro darajada o'zining manfaatlari va ehtiyojlarini hamda o'zaro manfaatlar uyg'unligini amalga oshirish bo'yicha faoliyatidir. U davlatlar bilan diplomatik munosabatlar o'rnatish, xalqaro tashkilotlar qoshida vakolatxonalarini ochish yoki unga a'zo bo'lish, turli darajalarda o'zaro aloqalar o'rnatish shakllarida amalga oshirib boriladi. Tashqi siyosatning zarurligini har bir davlatning ehtiyojlari taqazo etadi. Ehtiyojlar, avvalo, har bir mamlakatning milliy manfaatlaridan kelib chiqadi. Har bir davlat o'zining tashqi siyosatida boshqa davlatning manfaatlarini ustun qo'ymaydi va bunga intilmaydi. Tashqi siyosat-davlatlar va xalqlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni xalqaro miqyosda jahon maydonida tartibga solib boshqarib turishini anglatadi. Ichki siyosat kabi tashqi siyosat ham o'zgaruvchan xususiyatga egadir. Shunga ko'ra barcha davlatlar uchun bir xildagi siyosatni ishlab chiqish va olib borish mumkin emas. Tashqi siyosatning zarurligini har bir davlatning ehtiyojlari taqozo etadi. Ehtiyojlar, avvalo har bir mamlakatning milliy mafkuralaridan kelib chiqadi. Qadimgi quldorlik va feodal davlatlari bag'ridayoq tashqi siyosiy munosabatlar muammolari bilan shug'ullangan mutafakkirlar hamda siyosiy va davlat arboblari ko'p bo'lganlar. Masalan, qadimiy Misr, Vaviloniya, Assiriya, Midiya davlatlarida - kohinlar, Yunonistonda - arxond, demagog, strateg, notiq, faylasuflar, Rumda senatorlar, tribunlar, imperatorlar, O'rta Osiyo hududidagi davlatlarda - vazirlar, muftiylar, munajjimlar kabi amaldorlar, kasb egalari tashqi siyosatning yo'nalishlarini ishlab chiqqanlar hamda amaliy tavsiyalar taklif etganlar. Qadimgi mutafakkirlar orasida Arastu davlatlararo siyosiy munosabatlar muammolarini chuqur tahlil qilib, davlatning ...

Joylangan
02 Oct 2024 | 22:43:26
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.11 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:32
Arxiv ichida: doc
Joylangan
02 Oct 2024 [ 22:43 ]
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.11 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:32 ]
Arxiv ichida: doc