Tizimli yondashuv sotsiologik tadqiqotlarda

Tizimli yondashuv sotsiologik tadqiqotlarda

O'quvchilarga / Sotsiologiya
Tizimli yondashuv sotsiologik tadqiqotlarda - rasmi

Material tavsifi

Tizimli yondashuv sotsiologik tadqiqotlarda Reja: Tizimli yondashuv tamoyillari Sotsiologik tadqiqot obyektining tizimli tahlili Axborotni tizimli tahlil qilish metodlari Tizimli yondashuvning ma'lumot to'plash, va tahlil qilish metodlari Tizimli yondashuv tamoyillari Tizimli yondashuv - bilish faoliyatining universal quroli bo'lib, istalga hodisa tizim sifatida olib qaralishi mumkin, biroq, belgilab o'tish kerakki, barcha o'rganish obyektlari ham bunga muhtojlik sezavermaydi. Tizimli yondashuvning murakkab va dinamik birliklarni bilishdagi va yaratishdagi ahamiyati tengsizdir. 1972-yildayoq faylasuflar ta'kidlashgan: Bugungi kunda o'rganilayotgan obyektga nisbatan tizimli-strukturaviy yondashuv umumilmiy tamoyil maqomiga ega bo'lib bormoqda. Barcha maxsus fanlarda, o'z rivojlanganliklari va ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, tizimli yondashuv qo'llanilmoqda (V. S. Tyuxtin). Fanning bugungi kundagi rivojlanish bosqichida tizimli yondashuvning nazariy jihatdan tadqiq etilishi va udan metod sifatida foydalanilish darajasi shu qadar kengki, biz bir qancha yo'nalishlarga ega bo'lgan, umum-ilmiy ahamiyatga ega bo'lgan tizimlilik harakati haqida gapirsak ham bo'ladi. Tizim yoki sistema so'zi yunoncha σύστημα so'zidan olingan bo'lib, u yunon tilida tashkil topish ma'nosini anglatadi, va u o'zida narsalarning amorf va qismlarga ajralmagan emasligini, va yaqindan qaralganda ajratilishi mumkin bo'lgan tarkibiy qismlar dan tashkil topganligini aks ettiradi.4Shuning uchun ham, nazariy nuqtai nazardan, tizimli yondashuv algoritmining qo'llanilishi darajasida olib qaraladigan bo'lsa, albatta, bu metod ancha yosh. Bugungi kunda tizimli yondashuv muammolariga e'tiborning kuchayishiga uning bir paytning o'zida jamoatchilik amaliyotining murakkablashuvi metodi, bilish masalasi, va katta, o'ta murakkab tizimlar yaratuvchisi bo'lganligi bilan ham izohlanadi. Tizimli yondashuv fenomeni, avvalo fanning o'zidagi rivojlanishning muayyan darajada qonuniyligini ko'rsatadi. Yaqin vaqtgacha ilmiy bilishda analitik yondashuv (shuning uchun ham analiz (tahlil) so'zi umuman ilmiy tadqiqot so'zining sinonimi sifatida qo'llanilib kelindi) muhim ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 36.24 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:32 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 36.24 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga