Umumiy sotsiologiyada siyosat hukumat va davlatning o'rganilishi

Umumiy sotsiologiyada siyosat hukumat va davlatning o'rganilishi

O'quvchilarga / Sotsiologiya
Umumiy sotsiologiyada siyosat hukumat va davlatning o'rganilishi - rasmi

Material tavsifi

Umumiy sosiologiyada siyosat hukumat va davlatning o'rganilishi Reja: Demokratik elitizm va plyuralizm, nazariyalari 2. Siyosiy partiyalar G'arb va Sharq mamlakatlaridagi ovoz berishlar Ba'zi zamonaviy davlatlar (Buyuk Britaniya yoki Belgiya kabilar) monarxiya ko'rinishida bo'lsa-da, bunday davlatlar soni tobora ozaymokda. An'anaviy monarxning real hokimiyati zamonaviy jamiyatda odatda chegaralangan yoki amalda mavjud emas. To'g'ri, ayrim davlatlar (Saudiya Arabistoni, Iordaniya)-da monarxlar hukumat ustidan muayyan nazorat olib boradilar, ammo monarxiya mavjud bo'lgan ko'p davlatlarda u siyosiy hokimiyatdan ko'ra milliy timsolga yaqinroq. Angliya kirolichasi, Shvesiya qiroli va hatto Yaponiya imperatori konstitusion monarxlar bo'lib, ularning real hokimligi saylab qo'yiluvchi vakillarga konstitusiya tomonidan beriladigan huquqlar bilan keskin chegaralangan. Zamonaviy davlatlarning ko'pchiligi o'z qurilishiga ko'ra Respublika bo'lib, konstitusion monarxiyalarni ham qo'shganda, har bir davlatda demokratiyaga ixlosmandlik seziladi. Saylovlar hatto harbiy diktaturali davlatlarda ham, demokratik yo'nalish ta'savvurini uyg'otish uchun o'tkazilishi mumkin. Ko'pchilik harbiy diktatorlar o'zlarining demokratik tamoyillarga tarafdor ekanliklarini e'lon qiladilar va ularning hokimiyati barqarorlikni ta'minlash vositasi ekanli-gini, vakillik demokratiyasiga qaytish imkoni tug'ilgungacha davom etishini ta'kidlab keladilar. Nega demokratiyaga intilish zamonaviy davlatlarning umu-miy xususiyati bo'lib qoldi? Kisman javobni despotizm hokim-ligidan qutilishni nazarda tutuvchi demokratik g'oyalarga azaliy xos bo'lgan jozibadorlikdan topish mumkin. Ammo asosiy omil milliy davlatning an'anaviy madaniyatlarga nisbatan integrasiyalanganligidir. Zamonaviy davlatlar unifikasiya qilingan tizim bo'lib, bu xil davlatlar boshqaruv vazifasini bajaruvchi shaxslar aholining ko'pchilik qismi faol qo'llab-quvvatlashi bilangina faoliyat ko'rsata oladilar. Demokratik ideallar shunday qo'llab-quvvatlashni ifodalash va ta'minlash usulidir. Demokratik elitizm va plyuralizm, nazariyalari E'lon qilingan demokratik g'oyalar doim ham reallikka mos kelavermaydi. Hozirgi kunda hukmron guruhlar tomonidan demokratik g'oyalarga ixlosmandlikning keng namoyish qilinish fakti boshqaruvning real rejimlari haqikiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 77.14 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:32 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Sotsiologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 77.14 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga