Yevropamamlakatlarida inson va jamiyat haqidagi ta'limotlar tarqqiyotini o'rganish Reja: Xristian nazariyotchilarining jamiyat va inson haqidagi g'oyalari (Avgustin va F.Akvinskiy). Yevropauyg'onish davri vakillarning ijtimoiy hayot to'g'risidagi fikrlari. Nemis klassik falsafasi vakillarining ijtimoiy fikrlari. XVII-XVII asrlarda Yevropaning T. Gobbs, J. Lokk, J. J. Russo kabi mutafakkirlari davlatning vujudga kelishini shartnomaviy xususiyatga ega deb tushuntirishga uringanlar. Gobbs tasvirlashicha, davlat - afsonaviy maxluq Leviafandir (yani Injil afsonalaridagi ulkan dengiz maxluqi): uning ruhi - hokimiyat, tana a'zolari - hukmdorlar, qoni - pullar. Inqilob - davlatning o'lishidir. Uning o'limidan so'ng darhol yangi Leviafan paydo bo'ladi, chunki insoniyat usiz yashay olmaydi. Gobbs monarxiyani hokimiyatning eng yaxshi shakli hisoblagan, lekin aristokratiya va demokratiya bo'lishi ehtimolini ham inkor yetmagan. Lokkning fikricha, tabiiy holat barcha uchun umumiy tenglik, o'z shaxsi va mulkiga egalik qilish erkinligi bilan farqlanadi. Biroq tabiiy holatda nizolarni hal qilish hamda huquq va erkinlikni buzuvchilarni jazolash mexanizmi yo'q. Davlat erkinlik va mulkni himoya qilish zaruriyati tufayli paydo bo'ladi. Lokk birinchilardan bo'lib hokimiyatlarning bo'linishi g'oyasini konstitutsiyaviy boshqaruv o'rnatish tamoyili sifatida asoslab berdi. Russoning fikriga ko'ra, insoniyatning boshiga tushgan kulfatlar iqtisodiy tengsizlikka olib kelgan xususiy mulkchilikning paydo bo'lishidan boshlangan. Iqtisodiy tengsizlikni siyosiy tengsizlik yanada kuchaytirdi. Lekin ertami-kech huquqsiz ko'pchilik zolim hokimiyatini ag'daradi, tengsizlikni yo'qotadi, fuqarolik dunyosini o'rnatadi va adolatli ijtimoiy shartnoma tuzish zaruratiga olib keladi, bunda xalq suveren hokimiyat manbai sifatida chiqadi. Russo odamni yaxshilik sari o'zgartirish mumkinligiga ishongan. U inson tafakkuriga va jamiyatning uyg'unlashuviga umid qilgan. Shuning uchun ham uning asari sahifalaridan odamlarning mulkiy va ijtimoiy tengligi asosida jamiyatni yangilashga chaqiriq yangradi. Yevropamamlakatlari ko'plab mutafakkirlarining ...

Joylangan
02 Oct 2024 | 22:43:26
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.05 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:32
Arxiv ichida: doc
Joylangan
02 Oct 2024 [ 22:43 ]
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.05 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:32 ]
Arxiv ichida: doc