Reja: 1. Yoshlar sotsiologiyasi tushunchasi va uning asosiy tamoyillari 2. O'zbekistonda yoshlar hayoti va faoliyatining ijtimoiy masalalari Yoshlar sotsiologiyasi XX asrning 20-yillarida Olmoniyada, AQSHda va Fransiyada shakllandi. 1928 yilda K.Mangeymning «Avlod muammosi» asari bosilib chiqdi. Bu asar yoshlarning sotsiologik muammolari ilmiy asosda o'rganilgan dastlabki asarlardan edi. XX asrning 60-yillaridan yoshlar muammolarini tahlil qilishga va yechishga qaratilgan asarlar ko'plab chop etila boshlandi. Olmoniyada yoshlar sotsiologiyasi bo'yicha G.Shelskiyning «Skeptik avlod» (1957), F.Tenbrukning «Yoshlar va jamiyat» (1962); Venadagi sotsiologik institut direktori L.Rozenmayrning «Empirik sotsial tadqiqot bo'yicha qo'llanma» (1969), Amerika sotsiologi D.Kempbellning «Sotsializatsiya bo'yicha spravochnik» (1969), Amerika sotsiologi S.Eyzenshtadtning «Avloddan avlodga» (1966) asarlari yoshlar sotsiologiyasining keng rivojlanishiga ta'sir ko'rsatdi. Hozirgi davr yoshlar sotsiologiyasi doirasida yoshlar hayotini ilmiy-sotsiologik o'rganishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: 1. Yoshlar muammosini o'rganishda tarixiy yondoshish lozimligi. Yoshlarning ijtimoiy qarashlariga, xulqiga, qiziqishiga va boshqa jihatlarini tadqiq etishda muayyan tarixiy davr, shart-sharoitlarning o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib baho berish talab qilinadi. Masalan, hozirda, shakllanib kelayotgan bozor munosabatlari sharoitida yoshlarning ijtimoiy qarashlari, qiziqishlari va yuzaga kelayotgan muammolar avvalgi davr, ijtimoiy-iqtisodiy tuzumdagiga nisbatan o'zgarib, yangicha mazmunga va xususiyatlarga ega bo'lmoqda. 2. Yoshlarning o'ziga xos turmush tarzini tahlil qilish va o'rganish. Bunda yoshlarning ijtimoiy holati, hayot kechirish tarzi va uning rivojlanishini nazariy va empirik jihatdan o'rganish. 3. Yosh avlodni har jihatdan rivojlanib borishini tahlil qilish. Mavjud ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitning, muhitning o'zgarishi oqibatida avlodlar o'rtasida doimo muayyan rivojlanish ro'y beradi. Shu sababli, keksa avlod bilan yoshlar o'rtasida o'zaro ziddiyat vujudga keladi. Ko'pincha, yoshlarning manfaat va qiziqishlari, faoliyati, tashqi qo'rinishi (moda) keksa avlodda norozilik, etiroz tug'diradi. 4. Yoshlarga tabaqaviy ...

Joylangan
02 Oct 2024 | 22:43:26
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
40.01 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:32
Arxiv ichida: doc
Joylangan
02 Oct 2024 [ 22:43 ]
Bo'lim
Sotsiologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
40.01 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:32 ]
Arxiv ichida: doc