Ziyolilarning qatag'on qilinishi va Mavzu: sovet jamiyatida shaxsga sig'inishning fosh qilinishi O'zbekiston tarixi fani o'qituvchisi Islamova S. O'zbekiston ziyolilari qatag'on qilinishining yangi bosqichi Urush tu- gagandan keyin oradan ko'p o'tmay O'zbekiston SSR bo'ylab yana bir yalpi qatag'on to'lqini yelib o'tdi. XX asr 40-yillari oxiri va 50-yillari boshlaridagi qatag'onlar asosan madaniyat va fan arboblariga qarshi qaratildi. O'zbeki- ston Kompartiyasi Markaziy Komiteti Markazning yo'l- yo'riqlariga tayangan holda dunyoqarashi va ijodi kommunistik partiya mafkurasidan farq qiladigan ijodiy ziyolilar vakillariga qarshi hujum boshladi. O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti byurosi 1950-yil 1-sent- yabrda O'zbekiston SSR Fanlar akademiyasining ishi to'g'risidagi masalani ko'rib, akademiya olimlaridan sharqshunos va tarixchi Abdusamad Bobo- xo'jayev, adabiyotshunos va faylasuf Vohid Zohidov, iqtisodchi Olim Ami- nov, tilshunos Olim Usmonov va boshqalarni nohaq ravishda qoraladi. Nihoyat, 1952-yil fevralda O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komite- tining mafkuraviy masalalarga bag'ishlangan X plenumi (yalpi majlis) bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Kompartiyasi MK birinchi sekretari Amin Niyozov Respublikada mafkuraviy ishning ahvoli va uni yaxshilash choralari to'g'risi- da ma'ruza qildi. Ma'ruzada O'zbekiston ziyolilaridan bir guruhi (yozuvchi- lar, olimlar, shoirlar va b.) noto'g'ri ravishda millatchilikda ayblandi. O'zbek xalqining qatag'on qilingan bu vakillarining asarlari va Alpomish dostoni- ni o'qish taqiqlandi. Ma'ruzada O'zSSR FA tarkibidagi Tarix va arxeologiya, Sharqshunoslik, O'zbek tili va adabiyoti institutlari olimlari keskin ravishda, biroq nohaq tanqid qilinadi. Mazkur plenum va unda qabul qilingan qarorlar O'zbekistonning ma'naviy hayotiga kuchli zarba bo'lib tushdi. Ijodkor ziyolilardan Said Ahmad, Shukrullo, Mirzakalon Ismoiliy, Shuhrat, Maqsud Shayxzoda, Mirkarim Osim, Ne'mat Toshpo'lat, Yong'in Mirzo, Ha- mid Sulaymonov, Muhiddin Qoriyoqubov va boshqalar (12 kishi) sovetlarga qarshi ...

Joylangan
04 Oct 2023 | 20:37:07
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
1.23 MB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 22:03
Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
04 Oct 2023 [ 20:37 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
1.23 MB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 22:03 ]
Arxiv ichida: pdf, pptx