O'zbekiston xalq xo'jaligining Mavzu: urushdan keyingi ahvoli O'zbekiston tarixi fani o'qituvchisi Islamova S. Sanoatni qayta qurish Ikkinchi jahon urushi tugagan bo'lsa ham biroq urushning og'ir oqibatlari Respublika hayotining hamma sohalarida, shuningdek, sanoatda ham sezilib turardi. O'zbekiston sanoatini tiklash, aholini oziq-ovqat va sanoat mollari bilan ta'minlash uchun yoqilg'i, elektr energiyasi, shuningdek, malakali ishchi va muhandis-texnik xodimlarga tanqislik sezilardi. Bu murakkab vazifalarni hal etish uchun O'zbekistonning geografik holati, milliy an'analari, xalq manfaatini hisobga olib turib, uning xalq xo'jaligini rivojlantirishning aniq dasturlarini ishlab chiqish zarur edi. Biroq bunday bo'lmadi. Markazning manfaatlaridan kelib chiqqan holda O'zbekiston iqtisodiyotini tiklash va rivojlantirish rejalari tuzildi Markazning ulkan rejalarida O'zbekistonga faqat xomashyo yetkazib beruvchi chekka bir o'lka deb qaraldi. Xuddi shu narsa O'zbekiston iqtisodiyotining aslida bir tomonlama rivojlanib borishiga olib keldi. Bunda xomashyoni qayta ishlash korxonalari juda oz bo'lib, bu narsa ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishga xalaqit berardi. 1945-yil oxiriga kelib O'zbekistonning mashinasozlik sanoati qishloq xo'jaligi va irrigatsiya ehtiyojlari uchun mashina va uskunalar ishlab chiqarishga o'tkazildi. O'zbekiston metallurgiya zavodida 1946-yili yangi prokat sexi ishga tushirildi. Shu yillarda Polvontosh va Janubiy Olamushuk neft konlari ochildi va o'zlashtirildi. Farg'onada neftni qayta ishlash zavodi foydalanishga topshirildi. O'zbekistonda paxta monokulturasi va uning oqibatlari 1946-yil 5-fevralda SSR hukumati 1946-1953-yillarda O'zbekistonda paxtachilik- ni tiklash va yanada rivojlantirish rejasi va tadbirlari to'g'risida qaror qabul qildi. Bu qaror asosan O'zbekistonda paxta monokulturasini uzil- kesil joriy qi- lishga qaratilgan edi. Sovet hukumatining ko'rsatmasi bilan oziq- ovqat ekinla- rining sug'oriladigan maydonlari chigit ekish uchun ajratildi. Shu tarzda paxta ekin maydonlari ko'paytirildi. 1946-yili O'zSSR uchun paxta ...

Joylangan
04 Oct 2023 | 20:37:07
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
1.29 MB
Ko'rishlar soni
164 marta
Ko'chirishlar soni
26 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 22:00
Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
04 Oct 2023 [ 20:37 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
1.29 MB
Ko'rishlar soni
164 marta
Ko'chirishlar soni
26 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 22:00 ]
Arxiv ichida: pdf, pptx