Ikkinchi jahon urushining boshlanishi hamda O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi . Urushning boshlanishi, sabablari va xarakteri Ikkinchi jahon urushi- ning boshlanishida fashistlar Germaniyasi va militaristik Yaponiyadan tashqa- ri urushdan avvalgi Buyuk Britaniya (Angliya), Fransiya va SSRning siyosiy yetakchilari zimmasida ham katta javobgarlik bor edi. 1939-yil 23-avgustda I.V.Stalinning taklifi bilan Moskvada SSR va Ger- maniya o'rtasida 10 yil muddatga hujum qilmaslik to'g'risida bitim imzolan- di. Bu bitim tarixda Molotov-Ribbentrop pakti nomi bilan mashhur. Bitimning maxfiy qismida ikkala davlatning bo'lajak chegaralari va ta'sir doirasi belgilab olindi. Polsha, Boltiqbo'yi va Finlyandiyada Sovet Ittifoqining ta'sir doirasi kuchaytirildi. Sovet-fin urushida O'zbekistonliklarning qatnashuvi. 1939-yil 30-no- yabr - 1940-il 12-martda sovet-fin urushi bo'lib o'tdi. Urush SSRning qo'shni Finlyandiyaga hujumi bilan boshlandi. Bu voqeadan keyin 1939-yil 14-dekabrda Millatlar Ligasi SSRni agressiyachi mamlakat deb e'lon qilib, uni Liga a'zoligidan chiqardi. Urush natijasida SSR Viborg shahri va Ladoga ko'li atrofidagi hududlarni qo'lga kiritdi. Toshkent piyodalar bilim yurti bitiruvchilari bo'lgan diviziya komandi- ri A.Tolstov, diviziya shtabi boshlig'i V.Russkix, O'zbekistonlik jangchilar A.Magalov, A.Tupikov, F. Uteshev va boshqalar bu janglarda qatnashdilar. Fashistik Germaniyaning SSRga hujumi hamda O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi 1941-yil 22-iyun kuni tong saharda gitlerchilar Germaniyasi o'zaro hujum qilmaslik haqidagi shartnoma bo'lishiga qaramay, to'satdan SSRga bostirib kirdi. Sovet Ittifoqi xalqlari uchun og'ir sinovlardan iborat urush boshlandi. O'sha kuni mamlakatda harbiy holat joriy etilganligi haqida farmon e'lon qilindi. Urush butun mamlakat xo'jaligi, uning hayotini tubdan o'zgartirib yubordi. 1941-yil 30-iyunda SSR XKS raisi va VKP(b) MK Bosh sekretari I.V.Stalin raisligida Davlat Mudofaa Qo'mitasi (DMQ)ning tuzilishi bilan mamlakatdagi butun siyosiy, ...

Joylangan
04 Oct 2023 | 20:37:07
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
1.31 MB
Ko'rishlar soni
130 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:57
Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
04 Oct 2023 [ 20:37 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
1.31 MB
Ko'rishlar soni
130 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:57 ]
Arxiv ichida: pdf, pptx