O'zbek xotin-qizlarining ozodlikka chiqarish jarayoni va muammolar

O'zbek xotin-qizlarining ozodlikka chiqarish jarayoni va muammolar

O'quvchilarga / Tarix
O'zbek xotin-qizlarining ozodlikka chiqarish jarayoni va muammolar - rasmi

Material tavsifi

Mavzu:O'zbek xotin-qizlarining ozodlikka chiqarish jarayoni va muammolar O'zbekiston tarixi fani o'qituvchisi Islamova S. O'tilgan mavzuni takrorlash. Kadrlarni mahalliylashtirish deganda nimani tushundingiz? O'zbekistonda kadrlarni mahalliylashtirish siyosati tashubbuskor- lari kim edi? Mahalliylashtirish qanday tartibda olib borildi? O'zbekistonda kadrlarni mahalliylashtirish siyosatining natija va oqibatlari qanday bo'ldi? Hujum harakatining o'tkazilishi. O'zbek ayollari va qizlarining hayoti asrlar davomida islom dini shariati ko'rsatmalari asosiga qurilgan edi. Sovet hokimiyati o'rnatilgach, Sharq ayollarini ozodlikka chiqarish, eski turmush tarziga hujum qilish, ayollarning chachvon va paranjisini tashlab yangi zamon qurayotganlar safiga tezroq qo'shilishi kabi muammolar kun tartibiga qo'yildi. Bolsheviklar tomonidan O'rta Osiyo Respublikalarida, xususan, O'zbekistonda bu muammo qisqa muddat davomida shoshilinch hal qilindi, natijada katta yo'qotishlar yuz berdi, ko'plab xotin-qizlar eskilik va xurofot tarafdorlarinnig qutqusi bilan o'z yaqinlari tomonidan o'ldirildi. O'zbek ayollarini ozodlikka chiqarish va yangi turmushga jalb qilish, darhaqiqat, kerak edi. Biroq bu ishni bolsheviklar va sovet hokimiyati vakillari tanlagan tezkor yo'l bilan emas, balki asta-sekin va bosqichma-bosqich amalga oshirilganda katta qurbonlar va yo'qotishlar bo'lmas edi. Hujum kompaniyasi 1926-yil sentyabrda O'rta Osiyo xotin-qizlari kengashida e'lon qilinib, uni 1927-yil 8-martdan boshlashga qaror qilindi. 1926-yil dekabrda Hujum kompaniyasini o'tkazish uchun O'rta Osiyo Respublikalari, xususan, O'zbekistonda maxsus komissiyalar tuzildi Xotin-qizlar mehnatining ijtimoiy- iqtisodiy muammolari. Sovet hokimiyati o'zbek xotin-qizlarini ozodlikka chiqarish jarayonida ularni ishlab chiqarishga jalb qilish tadbirlarini ham amalga oshirdi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad xalq xo'jaligi muammolarini hal qilish uchun yangi mehnat resurslari bo'lgan ishchi kuchlarini vujudga keltirish edi. Xotin-qizlar dastlab hunarmandlik kooperatsiyasiga jalb qilindi. Xotin- qizlar klublarida ayollar uchun maxsus xonalar ochilib, ular bunday ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 2.36 MB
Ko'rishlar soni 124 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:58 Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 2.36 MB
Ko'rishlar soni 124 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pdf, pptx
Tepaga