1991 - 2017-YILLARDA FRANSIYA Reja: 1. XX asr oxirlarida Fransiya. 2. Postindustrial jamiyat. 3. XXI asrda Fransiya. Tayanch iboralar Multikulturalizm - bu bitta mamlakatda va butun dunyoda madaniyatlar xilma-xilligini saqlab qolishga yo'naltirilgan siyosat hamda bu siyosatni asoslovchi nazariya va mafkura. Fransiya Respublikasi Fransiya, Fransiya Respublikasi (République Française) - G'arbiy Yevropadagi davlat. G'arbda va shimolda Atlantika okeani hamda LaMansh bo'g'ozi, janubida O'rta dengiz bilan o'ralgan. Maydoni 547,03 ming km². Poytaxti - Parij shahri. Ma'muriy jihatdan 22 region (viloyat), 96 departamentga bo'lingan. Fransiya tarkibida dengizorti departamentlari (Gvadelupa, Martinika, Gviana, Reyunon), dengizorti hududlari (Taiti, Yangi Kaledoniya, Fransiya Polineziyasi, Tinch okeandagi Uollis va Futuna orollari va boshqalar), hududiy birliklar (Mayotta va SenPyer va Mikelon) bor. Davlat ramzlari XX asr oxirlarida Fransiya. 1980-yillar oxirida Fransiya hukumati korxonalar, banklar va sug'o'rta kompaniyalarini ommaviy xususiylashtirish siyosatini e'lon qilgan edi. Xususiylashtirish yo'llaridan biri - korxonaning uning ishchilari tomonidan sotib olinishi bo'ldi. Ishchilar soni 500 dan 1 ming nafargacha bo'lgan korxonalarning chorak qismi shu yo'l bilan sotib olindi. Iqtisodiy taraqqiyotning 1989 - 1992-yillarga mo'ljallangan rejasi pul aylanishi barqarorligini ta'minlashni, inflatsiyaning pasayishini va iqtisodning raqobatbardoshligini qo'llab-quvvatlashni ko'zda tutardi. XX asr oxirlarida Fransiya. Fransiyani sotsialistlar boshqargan 1980 - 1990-yillar boshlarida xalqaro hayotda eng muhim voqealarga shohid bo'ldi. Fransiya prezidenti Fransua Mitteran va uning hukumati Germaniya bilan yaqinlashish va G'arbiy Yevropamamlakatlarining birlashishini o'zining asosiy vazifasi deb bildi. Germaniya bilan birga Fransiya G'arbiy Yevropani birlashtirishning eng faol ishtirokchisi bo'ldi. 1990-yil yanvarda Lyuksemburgning Shengen shahrida Fransiya hukumati Shengen kelishuvini imzoladi. ...

Joylangan
08 Oct 2023 | 06:22:30
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
2.55 MB
Ko'rishlar soni
158 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:55
Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
08 Oct 2023 [ 06:22 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
2.55 MB
Ko'rishlar soni
158 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:55 ]
Arxiv ichida: pdf, pptx