1914-1918 yillardagi Birinchi jahon urushi

1914-1918 yillardagi Birinchi jahon urushi

O'quvchilarga / Tarix
1914-1918 yillardagi Birinchi jahon urushi - rasmi

Material tavsifi

1914 - 1918- yillardagi Birinchi jahon urushi Urushning boshlanishi Birinchi jahon urushining bosh sababi ikki harbiy-siyosiy guruh o'rtasida bo'lingan dunyoni qayta bo'lib olish edi. Dunyoning yetakchi davlatlari o'z yovuz maqsadlari yo'lida ma'naviy tubanlikka ketib boylik orttirish uchun millionlab insonlarni qurbon qilishga bel bog'ladilar. 1914- yilning 28- iyo'lida serbiyalik millatchi tomonidan Sarayevoda Avstriya-Vengriya taxti vorisi F. Ferdinand o'ldirildi. Avstriya-Vengriya hukumati Serbiyaga juda haqoratli talablar qo'yilgan ultimatum yubordi. Serbiya hukumati ultimatumning faqat birgina talabiga, ya'ni suiqasd yuzasidan o'tkaziladigan tergov ishlarini Avstriya-Vengriya davlat huquqiy idoralari olib borishiga rozilik bermagan. Bu esa Avstriya-Vengriyaning 28- iyulda Serbiyaga urush e'lon qilishiga bahona bo'ldi. Serbiya ittifoqchisi Rossiya bunga javoban 29- iyul kuni qisman harbiy safarbarlik e'lon qildi. Bundan Germaniya hukmron doiralari 1- avgustda Rossiyaga, 3avgustda esa uning ittifoqchisi Fransiyaga urush e'lqn qilish uchun bahona sifatida foydalandi. Germaniya Belgiyaning betaraflik maqomini buzib, bu davlatga hujum qildi. Belgiyaning betarafligi to'g'risidagi xalqaro hujjatni bir vaqtlar Prussiya ham imzolagan edi. Biroq, 1914yilda Germaniya hukumati bu hujjatni surbetlik bilan «bir parcha qog'oz» deb atadi. Germaniyaning Belgiyaga hujumiga javoban Angliya Belgiyani himoya qilish bahoni bilan 4- avgust kuni Germaniyaga urush e'lon qildi. Urush shu tarzda boshlanib ketdi. 15- avgust kuni Yaponiya Germaniyadan Xitoydagi mustamlaka hududlarini Yaponiyaga berish talabi bilan chiqdi. Rad javobini olgach, 23- avgustda Yaponiya Germaniyaga qarshi urush e'lon qildi. Germaniya 1914 yilning oktabr oyida Usmonli turklar imperiyasini, keyinchalik Bolgariyani o'z tarafida turib urushda qatnashtirishga muvaffaq bo'ldi. Tez orada Kavkazorti, Suriya va Falastinda, Bolqon yarim orolida, shuningdek, Germaniyaning Afrikadagi mustamlakalarida yangi frontlar vujudga keldi. Faqatgina Serbiya va Belgiyadan tashqari barcha davlatlar uchun ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.64 KB
Ko'rishlar soni 267 marta
Ko'chirishlar soni 25 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.64 KB
Ko'rishlar soni 267 marta
Ko'chirishlar soni 25 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga