1917 yil fevral inqilobining Turkistonga ta'siri, Muxtoriyatchilik harakati

1917 yil fevral inqilobining Turkistonga ta'siri, Muxtoriyatchilik harakati

O'quvchilarga / Tarix
1917 yil fevral inqilobining Turkistonga ta'siri, Muxtoriyatchilik harakati - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston sovetlar hukmronligi davrida Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining o'rnatilishi va unga qarshi qurolli harakat 1917-yil fevral inqilobining Turkistonga ta'siri. Muxtoriyatchilik harakati 1917-yil 27-fevralda Petrogradda bo'lgan demokratik inqilob Turkiston o'lkasiga ham o'z ta'sirini o'tkazdi. Turkistonda yangi jamiyat kurtaklarini shakllantirish uchun harakat boshlanib ketdi. Turkiston ijtimoiy-siyosiy hayotida o'lka muxtoriyati masalasi asosiy masala bo'lib qoldi. Turkistonga muxtoriyat maqomini berish g'oyasi nafaqat demokratik ziyolilar orasida, hatto oddiy xalq o'rtasida ham ancha ommalashgan edi. 1917-yilning mart-aprel oylari o'lkaning siyosiy uyg'onishida burilish davri bo'ldi. Turkiston jadidlari, milliy ziyolilari va islom ulamolarining yetakchilari bo'lgan Mahmudxo'ja Behbudiy (1875-1919), Munavvar Qori (1878-1931), Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayev (Ubaydulla Xo'jayev; 1882-1938), Fitrat (1886-1938), Fayzulla Xo'jayev (1896-1938), Sadriddin Ayniy (1878-1954), Abdulvohid Burhonov (1875-1934), Mustafo Cho'qay (1886-1941), Muhammadjon Tinishboyev (1879-1939), Sherali Lapin (1868-1919), Ahmad Zakiy Validiy (1890-1970), Obidjon Mahmudov (1858-1936) o'lkada yangi tashkil qilingan Sho'roi Islomiya (1917 yil mart), Sho'roi Ulamo (1917 yil iyun), Turon jamiyatlari va Turk adami Markaziyat (federalistlar) firqasi (1917 yil iyul), Ittifoqi muslimin (1917 yil sentyabr) siyosiy partiyalarining tuzilishida muhim rol o'ynadilar. 1917-yil 7-aprelda Petrograddagi Muvaqqat hukumat qarori bilan kadet N.N.Shchepkin rayisligida Muvaqqat hukumatning Turkiston Komiteti tashkil qilindi. Komitet tarkibiga 9 kishi kirgan bo'lib, ularning to'rttasi: Alixon Bukeyxonov, M.Tinishboyev, Sadri Maqsudov, A. Davletshinlar turkiy xalqlar vakillari edi. Keyinchalik Turkiston Komitetining tarkibi o'zgartirildi. Jadidchilik 1917-yilda ma'rifatchilik harakatidan siyosiy harakat darajasiga allaqachon ko'tarilgan edi. O'sha 1917-yilning o'zida to'rt marta Butunturkiston musulmonlari qurultoyi o'tkazildi. 1917-yil 16-23 aprelda Toshkentda bo'lgan I-qurultoyda demokratik Rossiya tarkibida Turkiston Muxtoriyatini tashkil etish g'oyasi olg'a surildi. Bu g'oya Turkiston xalqlarining o'z milliy davlatchiligini tiklash yo'lidagi dastlabki qadami edi. Butunturkiston musulmonlari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.81 KB
Ko'rishlar soni 227 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.81 KB
Ko'rishlar soni 227 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga