1917 yil oktyabr Davlat to'ntarishi va Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining o'rnatilishi

1917 yil oktyabr Davlat to'ntarishi va Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining o'rnatilishi

O'quvchilarga / Tarix
1917 yil oktyabr Davlat to'ntarishi va Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining o'rnatilishi - rasmi

Material tavsifi

1917 yil oktyabr davlat to'ntarishi va Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining o'rnatilishi. «Turkiston muxtoriyati»ni tuzish uchun kurash. Petrogradda 1917 yil 25 oktyabrda 7 noyabr bolsheviklar tashkil etgan qurolli qo'zg'olon g'alaba qildi. Shu kuni kechki payt ochilgan Sovetlarning II Syezdida Ishchi, askar va dehqonlarga degan xitobnoma qabul qilindi. Unda ko'plab ishchilar, askarlar va dehqonlarning madadiga, Petrogradda amalga oshirilgan qo'zg'olon madadiga tayangan holda Sovetlar hokimiyatni o'z qo'liga olganligi bayon etildi. Samarqandlik Syezd delegatlari D. Dehqonov va A. Frolovlar Petrograddan hamshaharlariga bergan telegrammalarida hokimiyat Sovetlarga, yer dehqonlarga o'tgani, butun jahon xalqlariga sulh tavsiya etilganligini xabar qildilar. Xabarlar Turkistondagi ahvolga muhim turtki bo'ldi. Toshkentda ham 28 oktyabrda qo'zg'olon boshlandi. Qo'zg'olon markazlari temir yo'l ustaxonalarida joylashgan bo'lib, bolshevik V.S.Lyapin rahbarligida inqilobiy qo'mita tuzilgan edi. Qo'zgolonchilarga general Korovichenkoning 200 kishilik yaxshi qurollangan qo'shinlari qarshi turardi. Bu qo'shinlar dastlabki vaqtdayoq Toshkent Soveti majlis qilayotgan ozodlik o'yini, temir yo'l ustaxonalarini o'rab oldi. 30 oktyabrga kelib qamaldagilarga Krasnovordsk, Samarqand, Qizil O'rdada va boshqa shaharlarda Toshkent soveti chaqirig'iga ko'ra qo'shimcha kuchlar yordamga keldi. Turli sabablar bilan Turkistonga kelib qolgan vengerlar, chexlar, serblar ham ularga ko'maklashdilar. 31 oktyabr kuni qo'zg'olonchilar shahar markazini, bosh pochtaxonani, bankni eg'alladilar. 1 noyabrdagi shidatli janglar natijasida harbiy qa'la ishg'ol qilindi. Korovichenko esa xibsga olindi. To'rt kunlik qurolli qo'zg'olon Toshkentda Sovet hokimiyati o'rnatilishi bilan yakunlandi. Turkiston o'lkasining boshqa shaharlarida ham hokimiyat birin-ketin bolsheviklashgan Sovetlar qo'liga o'ta boshladi. 1917 yilning 2 noyabrida Toshkentda butun o'lka demokratik kuchlarining qo'shma majlisi bo'lib, unda hokimiyat masalasi muxokama qilindi. Biroq, unga o'lka sho'rosi, Toshkent sho'rosi ijrokumi, musulmon vakillari o'lka sho'rosi, qirg'iz vakillari o'lka ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.57 KB
Ko'rishlar soni 294 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:54 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.57 KB
Ko'rishlar soni 294 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga