1918-1939 yillarda Osiyo va Afrika davlatlari Xitoy va Hindiston

1918-1939 yillarda Osiyo va Afrika davlatlari Xitoy va Hindiston

O'quvchilarga / Tarix
1918-1939 yillarda Osiyo va Afrika davlatlari Xitoy va Hindiston - rasmi

Material tavsifi

1918 - 1939 yillarda Osiyo va afrika davlatlari Xitoy va Hindiston REJA : 1. Osiyo va Afrika davlatlari rivojlanishidagi o'ziga xos xususiyatlar. 2. Xitoyning urushdan keyingi ahvoli. 3. Buyuk milliy inqilob. 4. Chan Kayshi hukmronligining kuchayishi. 5. 1927-1937-yillardagi fuqarolar urushi. 6. Yaponiya agressiyasi. 7. Birinchi jahon urushidan keyin Hindistondagi ahvol. Birinchi jahon urushigacha Osiyo va Afrika asosan mustamlaka davlatlardan iborat edi. Birinchi jahon urushi yillarida Osiyo va Afrika davlatlarida chuqur o'zgarishlar ro'y berdi. Antanta qurolli kuchlari saflarida mustamlaka davlatlar aholisi ham ishtirok etdi. Mustamlaka xalqlarning ilg'or qatlami urushdan keyin mustaqillikberilishiga umid bilan qaramoqda edi. Biroq Parij tinchlik konferensiyasi bu umidni oqlamadi. Shunday bo'lsa-da, Osiyo va Afrika davlatlarida vaziyat asr boshidagiga nisbatan o'zgardi. Bu o'zgarish jahon siyosiy xaritasida Sovet Rossiyasi (keyinchalik SSRning) vujudga kelishi bilan ham bog'liq еdi. Rossiyada yuz bergan chuqur ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar milliy-ozodlik harakatlariga katta ijobiy ta'sir ko'rsatdi.Mustamlakalarda milliy-ozodlik kuchlari o'sdi. Stixiyali milliy-ozodlik kurashi ongli kurashga aylana bordi. Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlarida, Xitoy va Hindistonda milliy-ozodlik kurashi shiddat bilan davom etdi. Chunonchi, 1918-1923-yillarda Turkiyada ozodlik kurashi g'alaba bilan yakunlandi. Dunyoviy Turkiya Respublikasi tashkil topdi. Afg'on xalqining Buyuk Britaniya mustamlakachilariga qarshi olib 2at em kurashi 1919-yilda g'alaba bilan yakunlandi. Afg'oniston mustaqil davlatga aylandi. 1921-yilda sovet-afg'on do'stlik shartnomasi imzolandi. Ayni paytda Sovet davlati qo'shni davlatlar bilan aloqani yaxshilash masalasiga «bo'lajak jahon inqilobi»ning tarkibiy qismi, deb ham qarar edi. Birinchi jahon urushidan so'ng ham Xitoy qoloq, yarim mustamlaka davlat edi va unda 450 mln. Dan ortiq xalq yashardi. Uni buyuk davlatlar ta'sir doirasiga bo'lib olgan edilar. Mamlakat sanoati, transporti, banklari va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.27 KB
Ko'rishlar soni 256 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:55 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.27 KB
Ko'rishlar soni 256 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga