1918 -1939 -yillarda ROSSIYA R E J A. 1. Bolsheviklarning kommunistik jamiyati. 2. Fuqarolar urushi va chet el intervensiyasi. 3. SSRning tashkil etilishi. 4. Industrlashtirish va qishloq xo'jaligini kollektivlashtirish. 5. 20 - 30 yillarda SSRning tashqi siyosati. Bolsheviklar o'zlari qurmoqchi bo'lgan yangi jamiyatni kommunistik jamiyat deb ataganlar. Ularning fikricha: bu jamiyat o'z taraqqiyotida ikki bosqichni bosib o'tishi kerak edi. Birinchi bosqichni sotsializm, ikkinchi bosqichni esa kommunizm deb ataganlar. Sotsializm - kommunistik jamiyatning quyi bosqichi, kommunizm esa yuqori bosqichi edi. U sotsializmning yuksak tarixiy taraqqiyoti natijasida vujudga kelar edi. 1917 - yilning 14 - noyabrida Sovet hukumati xususiy zavod va fabrikalarda ishchi nazoratini o'rnatish to'g'risida qaror chiqardi. Xalq xo'jaligi davlat sektorini boshqarish maqsadida 1917 - yilning 1 - dekabrida Xalq xo'jaligi Oliy kengashi tuzildi. Bu Kengashga juda katta vakoltlar berildi. Jumladan, u istagan korxonani musodara qila olar, egallab olar, shuningdek yopib qo'yar edi. 1918 - yilning bahoridan boshlab Yer to'g'risidagi dekretni amalga oshirish boshlandi. Barcha yer davlat mulki deb e'lon qilindi. Pomeshchik yer egaligi tugatildi. Yerni dehqonlarga taqsimlab berish boshlandi. Yerga ishlov berishda yollanma mehnatdan foydalanish taqiqlandi. Bu esa o'rta hol (o'ziga to'q) va boy dehqonlar (quloqlar - yerga ishlov berishda yollanma mehnatdan foydalanuvchilar) ning keskin noroziligiga sabab bo'ldi. Sovet hukumati siyosatdan norozi bo'lgan quloqlar o'z g'allalarini davlat belgilagan narxda davlatga sotishdan bosh tortdilar. Natijada, mamlakatda oziq - ovqat tanqisligi ro'y berdi. 1918 - yilning mayidan boshlab mamlakatda oziq - ovqat komissarligiga (vazirligiga) favqulotda vakolatlar berildi. Mamlakatda don bilan erkin savdo qilish taqiqlandi. 1918 yilning o'zidayoq quloqlardan 13 mln. pud don ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.47 KB
Ko'rishlar soni
249 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:55
Arxiv ichida: doc
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.47 KB
Ko'rishlar soni
249 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:55 ]
Arxiv ichida: doc