1946-1985 yillarda respublika sanoati, uning bir tomonlama rivojlantirilishi

1946-1985 yillarda respublika sanoati, uning bir tomonlama rivojlantirilishi

O'quvchilarga / Tarix
1946-1985 yillarda respublika sanoati, uning bir tomonlama rivojlantirilishi - rasmi

Material tavsifi

1946-1985 yillarda Respublika sanoati, uning bir tomonlama rivojlantirilishi Tiklanish Urushdan keyingi yillarda O'zbekistonda sanoatni tiklash va rivojlantirish hukmron Markaz oliy manfaatlaridan kelib chiqilib, lining sotsializm va kommunizm jamiyati qurishdan iborat bosh strategik vazifalari, dasturiy rejalariga asoslanib hamda O'zbekistonning boy xomashyo va mineral resurslaridan maksimum foyda olishni ko'zlab bu sohaga e'tibor qaratib borilgan. O'zbekiston iqtisodiyoti va uning muhim bo'g'ini sanalgan sanoat urushdan keyingi 1946-1950- yillarda tiklandi va rivojlanib bordi. 1946-1950- yillarda 150 dan ziyod yangi sanoat korxonalari qurilib ishga tushinldi. Quwatiga ko'ra SSRda uchinchi o'rinda turuvchi Farhod GESning birinchi va ikkinchi navbatlari qurib bitkazildi. 1-Oqqovoq, 1-Bo'zsuv, 2-Bo'zsuv va boshqa gidroelektr stansiyalar qurildi. Qora metallurgiya sanoati rivojlandi. O'zbek metallurgiya kombinatining 300 prokat stani va yupqa listli 700 prokat stani qurildi, marten va prokat sexlari loyihada belgilangan quwatga yetdi. Toshselmash, O'zbekselmash, Chirchiqselmash, Samarqandagi Krasniy dvigatel va boshqa zavodlar paxtachilik bilan bogMiq mashinalar ishlab chiqarishni keng yo'lga qo'ydilar. 1950- yilda 4803 ta chigit seyalkalari, 7784 ta traktor kultivatorlari tayyorlandi. 1950- yilda 4641 ta SX-40 paxta terish mashinalari layyorlandi. Paxta tozalovchi mashinalar ishlab chiqarish 1946- yilda 363 ta bo'lgan bo'lsa, 1950- yilga kelib ularning soni 1251 taga yetdi. Shuningdek, yoqilg'i sanoati tiklandi va rivojlandi. Farg'ona vodiysida Moylisoy, Shahrixon, Surxondaryoda Kokaydi va Lalmikor neft konlari ochilib foydalanishga topshirildi. Oltiariq neftni haydash zavodi kengaytirildi. Neft ishlab chiqarish 1950- yilda Respublikada 1,3 mln. tonnadan oshib ketdi. Polvontosh-Asakagaz quvuri qurildi. Yengil sanoat o'sib bordi. Farg'ona va Qo'qonda yangi to'qimachilik kombinatlari, Toshkentda trikotaj fabrikasi, Buxoro, Samarqand va Namangandaip yigirish fabrikalari qurilib ishga tushirildi. Agar 1941- yilda 107 mln. metr ip-gazlama ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.48 KB
Ko'rishlar soni 291 marta
Ko'chirishlar soni 31 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:55 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.48 KB
Ko'rishlar soni 291 marta
Ko'chirishlar soni 31 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga