1950-1990-yillarda O'zbekiston qishloq xo'jaligi: paxta monokulturasi fojeasi. Reja: Qishloq xo'jaligida yangi yerlarni o'zlashtirish. Paxta monokulturasi. G'allachilik va chorvachilikning ahvoli. Orol fojeasi. Adabiyotlar: 1. «O'zbekistonning yangi tarixi, 2-kitob, T.Sharq. 200, 533-569 betlar. 2. Usmonov Q, Sodiqov M O'zbekiston tarixi(1917-1991-yy.). T.Sharq 2011, 203-210 betlar. 1-masala: O'zbekiston iqtisodiyotida qishloq xo'jaligi yetakchi o'rinni egallaydi. XX-asrning 50-80-yillarida yerning meliorativ holatini yaxshilash, yangi yerlarni o'zlashtirish, sug'orish inshoatlari qurish avj oldi. KPSS MQ va SSR Ministrlar Sovetining 1956-yilgi Paxta yetishtirishni ko'paytirish uchun O'zbekiston SSR va Qozog'iston SSRdagi Mirzacho'l qo'riq yerlarini sug'orish to'g'risidagi, 1958-yilgi O'zbekiston SSR, Qozog'iston SSR va Tojikiston SSRdagi Mirzacho'lni sug'orish va o'zlashtirish ishlarini yanada kengaytirish va jamoalashtirish to'g'risidagi qarorlariga asosan irrigatsiya tarixida birinchi bo'lib Mirzacho'lda katta maydonlarda qo'riq yerlarni o'zlashtirish ishlari olib borildi. Yirik ishlab chiqarish bazasi barpo etilib, qurilish ishlari industrial asosda olib borildi. 1956-yilda qo'riq yerlarni o'zlashtirish bosh boshqarmasi Glavgolodnostepstroy, 1963-yilda irrigatsiya va sovxozlar qurilishi bo'yicha Glavsredazsovxozstroy, ularning hududiy boshqarmalari, joylarda trest va qurilish boshqarmalari tizimi tashkil etildi. Yangi yerlarni o'zlashtirish jarayoni yangi sovxozlar, ularning xo'jalik binolari, aholi yashaydigan posyolkalar bunyod etish bilan olib borildi. 1956-1965-yillarda Mirzacho'lda 84 ming gektar yer o'zlashtirildi, 16 ta paxtachilikka ixtisoslashgan, bitta bog'dorchilik-uzumchilik sovxozlari tashkil eildi. O'zlashtirilgan hududlarda 1957-yilda Yangiyer va 1961 yilda Guliston shaharlari vujudga keldi. 1963-yil 16-fevralda markazi Guliston shahri bo'lgan Sirdaryo viloyati tashkil etildi. Mirzacho'l yerlarini sug'orish, meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari amalga oshirildi. Janubiy Mirzacho'l kanali qurildi. Qoraqalpog'iston avtonom Respublikasi, Surxondaryo, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida, Markaziy Farg'ona cho'llarida ham sugoriladigan dehqonchilikni kengaytirish, irrigatsiya-qurilish ishlari keng ko'lamda olib borildi. Qoraqalpog'istonda yangi sholikorlik sovxozlari ishga tushirildi. Buxoro ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.6 KB
Ko'rishlar soni
300 marta
Ko'chirishlar soni
39 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:55
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.6 KB
Ko'rishlar soni
300 marta
Ko'chirishlar soni
39 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:55 ]
Arxiv ichida: docx