1950-1990 yillarda O'zbekiston sanoati bir tomonlama rivojlanishi

1950-1990 yillarda O'zbekiston sanoati bir tomonlama rivojlanishi

O'quvchilarga / Tarix
1950-1990 yillarda O'zbekiston sanoati bir tomonlama rivojlanishi - rasmi

Material tavsifi

1950-1990-yillarda O'zbekiston sanoati: bir tomonlama rivojlanishi. Reja: Energetika va yoqilg'i sanoati. Metallurgiya va mashinasozlik sanoati. Qurilish sanoati, yengil sanoat va oziq-ovqat sanoati. Transport va aloqa vositalari. Adabiyotlar: 1. «O'zbekistonning yangi tarixi, 2-kitob, T.Sharq. 200, 520-533 betlar. 2. Usmonov Q, Sodiqov M «O'zbekiston tarixi (1917-1991-yy.). T.Sharq 2011, 188-203 betlar. 1-masala: XX-asrning 50-80-yillarida O'zbekiston sanoati ancha rivojlandi, qurilish ishlari kengaydi, yangi sanoat tarmoqlari barpo etildi. Respublika xalq xo'jaligini rivojlantirishda energetika sanoati muhim o'rin tuti. Shu boisdan, birinchi navbatda, elektr energiyasi tarmog'i kengaytirildi. 50-80-yillarda 7-Shahrixon GESi, ikkita Namangan GESlari, ikkita Bo'zsuv GES lari, Chorvoq GESi, Xo'jakent GESi qurilib ishga tushiildi. O'zbek va tojik xalqlari birgalikda Tojikiston hududida eng yirik Qayroqqum GESini, Xisrav GESini qurib ishga tushirdilar. Gaz bilan ishlaydigan Angren, Taxiatosh, Navoiy, Sirdaryo, 2-Angren GRESlari qurilib ishga tushirildi. 1985-yilda O'zbekiston elektrostansiyalarining umumiy quvvati 9,9 mln. kilovattdan ortdi. Shu yili 47,9 mlrd. kilovatt-soat, ya'ni 1940-yilga nisbatan 100 baravar, 1950-yilga nisbatan 18 baravar ko'p elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Elektr uzatgich liniyalari qurilishi kengaydi. Respublikaning barcha elektr stansiyalari O'zbekiston yagona energosistemasiga ulandi. Shuningdek, O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmaniston Respublikalarining yirik elektr stansiyalari Markaziy Osiyo yagona elektr sistemasiga ulandi. Natijada sanoat, qurilish, transport, qishloq xo'jaligini elektrlashtirish ancha kengaydi, xonadonlarni elektr energiyasi bilan ta'minlash yaxshilandi. Yoqilg'i sanoati o'sdi. 50-yillarda Surxondaryo viloyatidagi Sharg'un toshko'mir koni o'zlashtirildi va yuqori sifatli qo'ng'ir ko'mir qazib chiqarila boshlandi. 60-yillarda Buxoro va Xorazm viloyatlaridagi Gazli, Jarqoq, Sho'rtepa, Sho'rchi, Qarantay yangi neft konlari o'zlashtirildi. 70-yillarda Farg'ona vodiysida yangi neft konlari ishga tushirildi. 1959-yili qurilib foydalanishga topshirilgan Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi ancha kengaytirildi. Zavodda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.99 KB
Ko'rishlar soni 259 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:55 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.99 KB
Ko'rishlar soni 259 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga