Abu Muslim qo'zg'oloni Arablar bosib olgan hamma hududlarda, xususan Xuroson va Movarounnahrda kuchayib kеtgan mustamlakachilik zulmi xalq ommasining ummaviylar halifaligiga nisbatan nafrat va noroziligini kun sayin oshirib bordi. Mamlakatdagi umumiy siyosiy vaziyat bu sulola umrining tugab borayotganligidan yorqin dalolat berar edi. Oqibatda ummaviylarni siyosiy hokimiyatdan ag'darib tashlashni o'z oldiga bosh vazifa qilib qo'ygan raqib guruhlar paydo bo'la boshladi. Ana shunday guruhlardan biri abbosiylar edilar. Bu sulolaga Muhammadning amakisi Abbosning evarasi Muhammad ibn Ali asos solgan. Abbosiylar ummaviylarni rasululloh avlodini qirib tashlashda ablaydilar. Shu munosabat bidan Muhammad avlodidan bo'lgan abbosiylarning hokimiyat tеpasiga kеlishi e'tiqodi mustahkam islom yo'lining tiklanishidir, dеb talqin qilinadi, Abbosiylik g'oyasi harakatini tashviqot va targ'ibot qilish maqsadida bu guruhning eng ishonchli va sodiq vakillari halifalikning barcha hududlariga yuborildi. Ayniqsa ummaviylarning bosqinchilik va mustamlakachilik zulmi siyosatiga qarshi ommaviy xalq chiqishlari va qo'zg'olonlari kun sayin kuchayib borayotgan sharqiy viloyatlarga alohida e'tibor berildi. Dinovariyning bergan ma'lumotlariga qaraganda Xuroson va Movarounnahrning Marv, Buhoro, Samarqand, Kеsh, Nasaf Chag'oniyon Marvirud, Xirot,Tolikon, Bo'shanj va Sеyston kabi hududlarida VII asrning 30- yillaridayoq abbosiylik harakatini targ'ib qilish avj olib kеtgan edi. Targ'ibotchilar barcha zulm va sitamlarning sababchisi qilib ummaviylar xukmronligini ko'rsatadilar va hokimiyatga abbosiylar kеlgach, vaziyatni o'zgarishiga da'vat qiladilar. Ummaviylarga qarshi ko'poruvchilik harakati ayniqsa halifa Marvon II (744-750) davrida g'oyatda kuchaydi. Abbosiylar bu davrda halifalikning aholiga soladigan soliq miqdorlarining oshirilishi va mеxnatkashlarni ko'plab xasharlarga majburan jalb qilinishi oqibatida kuchayib kеtgan xalq noroziligidan ustalik bilan foyda-landilar, Bu davrda ummaviylarga karshi uyushtirilgan harakatga abbosiylarning e'tiborli va obro'li vakillaridan bo'lgan imom Ibrohim ibn Muhammad boshchilik qildi. Xuddi mana shu davrda ya'ni ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.93 KB
Ko'rishlar soni
361 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:55
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.93 KB
Ko'rishlar soni
361 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:55 ]
Arxiv ichida: docx