Abulg'ozi Bahodixon va uning Shajarai turk asari

Abulg'ozi Bahodixon va uning Shajarai turk asari

O'quvchilarga / Tarix
Abulg'ozi Bahodixon va uning Shajarai turk asari - rasmi

Material tavsifi

Abulg'ozi Bahodixon va uning «Shajarai turk» asari. O'zbekiston tarixi Xorazm tarixisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Chunki, O'zbek xalqi hamda uning davlatchiligi, madaniyati shakllangan beshiklaridan biri - bu qadimiy Xorazm vohasidir. Xorazmda hukm surgan Shayboniylar sulolasi (1512-1688)ning ko'zga ko'ringan vakili, Xiva xoni (1644-1663), tarixchi olim, tabib Abulg'ozi Bahodirxondir. Abulg'ozixon murakkab siyosiy-ijtimoiy rivojlanish jarayonida, qaltis vaziyatda, shiddatli kurashlar oqibatida Xiva taxtiga o'tirdi. U davlat boshlig'i sifatida feodal siyosiy tarqoqlikni tugatish, markazlashgan davlat hokimiyatini tuzish va uni mustahkamlash, mamlakat mustaqilligini ta'minlash uchun kurash olib bordi. Abulg'oziy vafotidan so'ng, xon hokimiyati zaiflashib ketdi. Inoqlar, davlat siyosatida u yoki bu shahzodani «xon ko'tarish o'yini» natijasida, o'z ta'sirini kuchaytirib bordilar. «Shayboniy xonlaridan Abulg'oziy xondan keyin, - deb yozadi Mulla Olim Maxdum Xoji, - xonlar podshohligidan yolg'iz ismi podshohlikka qanoat qilib qo'llarida aslo hukumat va tasarruf bo'lmay, inoqlar ra'yicha ish va alarning kalomi ila takallum qilib … inoqlar xonbozlik qilur edilar». Taniqli venger olimi H.Vamberi: «Abulg'oziy o'z hayotining barcha qirralari bilan birga bizga Boburni eslatadi», deb baho bergan edi. Agar shoir va olim Zahiriddin Muhammad Bobur XV asrda eski o'zbek-chig'atoy tilida olamshumul ahamiyatga ega «Boburnoma» asarini yaratib, o'zbek xalqi va uning adabiy tili taraqqiyotiga beqiyos hissa qo'shgan bo'lsa, Abulg'ozi XVII asrda turkiy tilidagi tarix fanining yorg'in uylduzi bo'lib qoldi. Uning bu boradigan xizmati markazlashgan davlat tuzish kabi buuykdir. Bir necha tilni mukammal bilgan Abulg'ozi o'sha davr udumlariga ko'ra arab, fors tillarida emas, turkiy tilda ijod qildi. «Bu tarixni yaxshi va yomon barchalar bilsun» deb turkiy til birlan aytdim. Turkiyni ham andoq aytubmanki, bet yoshar o'g'lon tushunur». Uning ana ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 14.19 KB
Ko'rishlar soni 318 marta
Ko'chirishlar soni 31 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:55 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 14.19 KB
Ko'rishlar soni 318 marta
Ko'chirishlar soni 31 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga