Ahamoniylar hukmronligi va Aleksandr Makedonskiy yurishlari davrida O'rta Osiyo tarixiy geografiyasi Miloddan avvalgiVI asrning o'rtalariga kelib, Ahamoniylar podshosi Kir II Bobil O'rta Osiyo hududidagi davlat va viloyatlarni (Baqtriya, Xorazm, So'g'diyona, Marg'iyona va boshqalar) va Misrni bosib olishga tayyorgarlik ko'ra boshlaydi. Qadimgi dunyo muallifi Gerodot, Ksenofont ma'lumotlariga ko'ra, miloddan avvalgi 545-539 yillarda Kir II Sharqiy Eron viloyatlari va O'rta Osiyodagi Xorazm, Baqtriya va sak qabilalarini o'ziga bo'ysundiradi. Lekin shuni takidlash lozimki. Kir II O'rta Osiyoni qay tarzda bosib olganligi to'g'risida aniq ma'lumotlar saqlanmagan. Kir II ikkinchi yurishi mahalliy aholining qattiq qarshiligiga uchragan va ko'chmanchi massagetlar tomonidan tor-mor etilgan. Massagetlarga To'maris boshchilik qilgan. Jangda Kir II halok bo'lgan. Miloddan avvalgi 522 yil Doro I ahamoniylar taxtiga o'tirdi. U taxtga o'tirishi bilanoq bosib olingan ko'pgina viloyatlarda qo'zg'olonlar ko'tariladi. 522 yil oxirida Marg'iyonada ko'tarilgan Frada qo'zg'oloni Baqtriya satrapi Dodarmish tomonidan ayovsiz bostirildi. Mil. avv. 519-518 yillar saklar Skunxa boshchiligida qo'zg'olon ko'taradi. Lekin bu qo'zg'olon ham bostiriladi. Doro I ning saklarga qarshi yurishi muvaffaqiyatsiz tugaydi. Bosib olingan mamlakatlarni itoatda tutmoq uchun ahamoniylar butun davlatni alohida viloyat - satrapliklarga bo'ladilar. Bu so'z forscha xshatra- viloyat so'zidan kelib chiqqan. Viloyat boshlig'i - satrapga cheklanmagan hokimiyat berilgan edi. Satraplarning ko'pchiligi ahamoniylar sulolasi vakillari edilar. Har bir satrap o'z viloyatining lashkarboshisi ham edi. U faqat shohga bo'ysunardi. Barcha qo'shinlarga shoh qo'mondonlik qilgan. O'rta Osiyoning bosib olingan viloyatlari uch satraplikka bo'lingan. Ular baqtriyaliklar, egllar, saklar, kaspiylar, parfiyaliklar, so'g'diylar va xorazmliklarining yerlari bo'lgan. Har bir satraplik yillik xiroj to'lagan. Bundan tashqari qaram xalqlar saroy va haramlar qurilishiga ham safarbar etilgan. Xirojni ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.3 KB
Ko'rishlar soni
256 marta
Ko'chirishlar soni
27 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:55
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.3 KB
Ko'rishlar soni
256 marta
Ko'chirishlar soni
27 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:55 ]
Arxiv ichida: docx