Amerika va Afrika xalqlari o'rta asrlarda Amerikaning tub aholisi va ularning mashg'ulotlari. Amerikaning tub aholisi hindular deb ataladi. Bu aholi hozir ham mavjud. Ularning ajdodlari bir necha o'n ming yillar avval Osiyodan Bering bo'g'ozi orqali Amerikaga kelib qolgan. Hindular o'rta asrlarda ham urug'chilik tuzumida yashar edilar. Ko'pdan-ko'p hindu xalqlari orasida mayya, atstek va ink xalqlari xo'jalik hamda madaniyjihatdan boshqalardan ustun edilar. Aholining ko'pchilik qismi ovchilik va baliqchilik bilan kun kechirishgan. Biroq Shimoliy Amerikaning janubida, Markaziy va Janubiy Amerika qirlari hamda tog'larida dehqonchilik ham rivojlangan. Dehqonlar toshboltalarda o'rmon kesib, daraxtlarni yoqib, yer ochishgan. Yerni yog'och so'qalar bilan ag'darib yumshatishgan. Ilgari paytlarda yevropaliklarga ma'lum bo'lmagan makkajo'xori, kartoshka, kungaboqar, pomidor, kakao, tamaki kabi ekinlarni o'stirishgan. Qit'aning kattagioa, qismida hayvonlarni ishga o'rgatishni bilishgan. Amerikada otlar yo'q edi. Faqat shimolda itlarni, lamaga o'xshash tuyalarni qo'lga o'rgata boshlashgan. Parrandalardan kurka va o'rdaklarni boqishgan. Hindular temir asbob-uskunalar, omoch, g'ildirak, o'tochar qurollar nimaligini bilishmagan. Ular mehnat qurollarini yog'och, tosh va jez (bronza)dan yasar edilar. Mayyalar. Markaziy Amerikaning Yukatan yarim orolida, qalin chakalakzorlar orasida mayyalar yashardi. Yerlar jamoalarga tegishli edi. Jamoalar o'zlariga qarashli oilalarga o'rmondan tozalangan bo'liq yerlarni foydalanish uchun berardi. Milodning birinchi ming yilligida mayyalarda shahar-davlatlar vujudga keldi. Har bir shaharga ,,Ulug' inson hukmdorlik qilardi. Hokimiyat nasldan-naslga meros bo'lib o'tgan. Zodagonlar shahar markazidagi tosh qasrlarda, ,,past odamlar dehqonlar va hunarmandlar esa shahar atrofidagi tomi qamishdan yasalgan kulbalarda yashar edilar. Yangi eraning boshlarida mayya xalqida yozuv vujudga keldi. Kohinlar qilqalam bilan iyerogliflarni qog'ozga tushirishardi. Shuningdek, ular qasrlarning devorlari va ustunlariga surat harflarni o'yib, duo, oyat, afsona va tarixiy voqealarni ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.85 KB
Ko'rishlar soni
391 marta
Ko'chirishlar soni
45 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:55
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.85 KB
Ko'rishlar soni
391 marta
Ko'chirishlar soni
45 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:55 ]
Arxiv ichida: docx